“Soliqlar va soliqqa tortish (2-qism) Soliq nazariyasi”fanidan elektron darsligi nashr etildi

“Soliqlar va soliqqa tortish (2-qism) Soliq nazariyasi”fanidan elektron darsligi nashr etildi

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, DSc. O.R.Meyliyevning “Soliqlar va soliqqa tortish (2-qism) Soliq nazariyasi”fanidan elektron darsligi nashr etildi.

Elektron darslik 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan. Elektron darslik mantiqan tuzilgan va “Soliq nazariyasi” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining butun spektrini qamrab oladi.

 

Elektron darslikda “Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturida keltirilgan 11 ta mavzuga ajratilgan holda o‘rganib chiqilgan.

Elektron darslikda asosan Soliq nazariyasi” fanining mohiyati, maksadi va vazifalari, soliq nazariyasi fanini o‘qitishda uning predmeti, vazifalari va maqsadi, soliqlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, soliqqa tortishning ob’ektiv zarurligi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari, soliq elementlari va ularning tavsifi, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakllanishining nazariy asoslari, soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlari va soliq majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha chuqur nazariy bilim berish kabi masalalar o‘rganib chiqilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi, turlari va javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalari, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi, soliq ishini tashkil etish asoslari hamda xalqaro soliqqa tortish masalalari o‘rganib chiqilgan.

 

Elektron darslikda fan mavzularini qamrab olgan ma’ruza matnlari, taqdimotlar, mavzu yuzasidan test savollari, nazorat savollari, mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati o‘rin olgan.

 

Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

15:55 / 2024-03-29
Success helper
Success warning