Toshkent moliya instituti talabalari uchun onlayn uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 12- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.
Mazkur onlayn tashkil etilgan muloqotda Davlat statistika qo‘mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi vakillari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Dastlab, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zokirov “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot davomida Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish asoslari, yangi qonunda nazarda tutilgan normalar, qonun loyihasini tayyorlashda o‘rganilgan xalqaro tajriba haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, onlayn muloqot davomida Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga qo‘mita mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.