“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi
Maʼlumki, o‘zbek xalqining orzu, istagi va intilishlari bilan 1991-yil 31-avgustda qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi buyuk tarixiy kun bo‘lib tarix sahifasiga muhrlandi. Mazkur mustaqillik xalqimiz uchun nechog‘li ahamiyat va qadrga ega bo‘lganligini balki el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy, ijtimoiy, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, hamda hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelayotganing guvohimiz. Ayniqsa, xalqimizning turmush darajasi o‘zgarayotgani, shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik, yoshlardagi ilm va maʼrifatga bo‘lgan intilishini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolajonlarga davlat siyosati darasidagi mehr va eʼtibor, nogironlarga zamonaviy huquqiy va ijtimoiy himoyaning amaldagi ifodasi, nuroniylarga g‘amxo‘rlik, oila va mahallaga eʼtibor, xalqaro maydonda tinchlik va hamjihatlik siyosati bilan “inson qadri ulug‘langan” yangi O‘zbekiston uchun mustaqillik oliy neʼmat bo‘lib, u haqiqiy xalq va millat bayramiga aylangan haqiqatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqib “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashi deputatlari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi masʼullari Toshkent Moliya instituti professor-o‘qituvchilari va o‘quvchilari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida keltirilgan keng qamrovli dolzarb masalalarning mazmun mohiyati va mazkur masalalardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mutahassislar tomonidan javoblar oldilar.