“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi”
2021-yil 18-noyabr kuni Toshkent moliya institutida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Umida Abduazimova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yunusobod tumani boʻlinmasi rahbari Jasur Qobilovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgani, ajdodlarimiz ham yurt bayrogʻini muqaddas bilib, uni koʻz qorachigʻidek asraganlari, u kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlganini alohida taʼkidladilar.
Tadbir davomida Toshkent moliya institutining talaba-yoshlari, Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyi oʻquvchilari va Yunusobod tumanidagi 9, 17, 51, 288-maktab oʻquvchilari tomonidan Vatanni madh etuvchi badiiy-musiqiy chiqishlari namoyish etildi.