“Is gazi va undan zaharlanish” toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi

“Is gazi va undan zaharlanish” toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining faollar zalida joriy yil yil 5-noyabr kuni institut Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Sh.E.Sindarov, Bosh muhandis Q.Madumarov, Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi boshligʻi Z.Berdiqulov, Fuqaro muhofazasi muhandisi M.Yuldasheva boshchiligida hamda fakultet dekan muovini X.Axmedov va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Is gazi va undan zaharlanish” toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 





Davra suhbatini Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Sh.E.Sindarov ochib berdi. Taklif qilingan Fuqaro muhofazasi instituti katta oʻqituvchisi X.Azimov is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasini oldini olish va ogohlantirish boʻyicha maʼruza qildi. 





Suhbat soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassis tomonidan tegishli javoblar oldilar.


09:49 / 2021-11-10
Success helper
Success warning