“Yengil atletika sport turining qisqa masofaga yugurishda texnika va taktikasini o‘rgatish usullari” mavzusida master klass bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-dekabr kuni Bank ishi fakulteti “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor–o‘qituvchilariga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti p.f.d.,(Dsc) Olimov Muxsin Sotiboldiyevich tomonidan “Yengil atletika sport turining qisqa masofaga yugurishda texnika va taktikasini o‘rgatish usullari” mavzusida master klass tashkil qilindi.
Master klassdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazariy olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda joriy etishdan iborat.