Mo‘ynoq tumanida amaliy tadbirlar boshlandi

Mo‘ynoq tumanida amaliy tadbirlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 2022-yilning 25-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 16-son bayon 10-bandi 3-xat boshida «Mo‘ynoq aeroportining muntazam ishlashini taʼminlash maqsadida turistlar mavsumi kamaygan vaqtda o‘quvchi talabalar va korxonalar xodimlari tashrifini tashkil etish»  belgilangan. Shuningdek,  joriy yil 11 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, mamlakatimiz bo‘ylab 20-oktyabrdan 1-dekabrga qadar ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.

 

 

 

 

Belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, institut rahbar-xodim, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarining «Jonajon O‘zbekiston bo‘ylab» shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani bo‘ylab sayohatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlariga start berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bugun, 9 noyabr kuni institut rahbar-xodim, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari Mo‘ynoq shahriga yetib keldi. Tadbirlarning ilk kunida talaba-yoshlar Mo‘ynoq shahri hamda qachonlardir baliqchilar makoni bo‘lgan –   o‘z dengizini yo‘qotgan kemalar qabristoni bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, institut vakillari tomonidan “Aral tenizi tariyxi muzeyi”ga ekskursiya  tashkil etildi.

 

 

 

 

 

21:12 / 2022-11-09
Success helper
Success warning