"Shaxsiy brend siz uchun(mi?)" mavzusida master klass bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Volontyorlar markazi "Person Hunters LTD" xalqaro bandlik agentligi bilan hamkorlikda "Shaxsiy brend siz uchun(mi?)" mavzusida master klass bo‘lib o‘tdi.
"Person Hunters LTD" xalqaro bandlik agentligining biznes rivojlantirish direktori Salay Matkarimov nima uchun shaxsiy brend muhim?, brending strategiyasini tuzish, shaxsiy brend turlari, shaxsiy brendni yaratishning 7 siri to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Master-klass davomida professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.