Ko‘p madaniyatli jamiyatda milliy tillar

Ko‘p madaniyatli jamiyatda milliy tillar

Joriy yilning 22-fevral kuni Pitirim Sorokin nomidagi Siktivkar davlat universitetining 50 yilligi va Komi Pedagogika institutining 90 yilligiga bagʻishlangan «Koʻp madaniyatli jamiyatda milliy tillar» mavzusida Milliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Anjumanda Rossiya, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Qozogʻiston oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorantlari, magistrlari va rektorlari ishtirok etdilar.

Konferensiyaning umumiy maqsadi – taʼlim sifatini oshirish, bilim va oʻzaro hamkorlik uchun maydon yaratish uchun moʻljallangan. Konferensiyada oliy taʼlimda zamonaviy gumanitar taʼlimning dolzarb amaliy va nazariy muammolari hamda oliy taʼlim tizimini takomillashtirish yoʻllari muhokama qilindi.

13:05 / 2022-03-01
Success helper
Success warning