Teatr kuni: Toshkent moliya instituti vakillari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyishida ishtirok etishdi

Teatr kuni: Toshkent moliya instituti vakillari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyishida ishtirok etishdi

 

Ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr – bu ibratxonadir” degan edi. Inson ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos.
 

 

 

Zero, san’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.

 

 

 

Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, doim ham hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatrning alohida o‘rni bor.

 

 

 

 

 

 

2023-yilning 22-dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yurtboshimiz “Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”, deya alohida ta’kidlab o‘tdi hamda davlat tasarrufidagi idora va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilish taklifini ilgari surdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent moliya instituti jamoasi ham mazkur tashabbusga hamohang tarzda 4-yanvar kunida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘lishdi.

 

 

Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan “Ko‘ngil” nomli spektaklni tomosha qilishdi.

 

 

 

 

 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev, O‘zbekiston xalq san’atkori Muqaddas Xoliqova, Shahnoza Hojimurodova, Hamza Hasanov, Hilola Toshmuhamedova kabi o‘z kasbining ustalari tomonidan ijro etilgan rollar orqali bugungi hayotimizning, inson qadr-qimmati, oiladagi e’tibor, mehr-muhabbat kabi tuyg‘ular tomoshabinlarga mohirona yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

Mazkur sahna asari tomoshabinlar ko‘nglidan joy olish bilan birga, institut jamoasida o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari bunday amaliy sa’y-harakatlar davomli tashkil etilish rejalashtirilganligini alohida e’tirof etib o‘tishdi.

14:32 / 2024-01-05
Success helper
Success warning