ACCA xalqaro tashkilotining akkreditatsiyasini olish borasida amaliy sa’y-harakatlar

ACCA xalqaro tashkilotining akkreditatsiyasini olish borasida amaliy sa’y-harakatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda ACCA xalqaro tashkilotining akkreditatsiyasini olish maqsadida Toshkent moliya institutida 2024-yil 3, 5 va 6-yanvar kunlari “Trenerlarni tayyorlash” kursi o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

Kursda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

 

- o‘qitish jarayonida guruhlarning xususiyatidan kelib chiqib, zarur ta’lim berish instrumentlarini tanlash;

- taqdimotlarni tayyorlash va taqdim etishning texnikalari;

- o‘qituvchilarning o‘zini tutish va nutq madaniyatini yanada rivojlantirish;

- ta’lim berish jarayonidagi fan doirasida ko‘nikmalarni shakllantirish.

 

Kurs yakunida professor-o‘qituvchilari o‘ziga belgilangan mavzu doirasida taqdimot tayyorlashdi va kursni muvaffaqiyatli tugatishdi.

 

 

 

 

Professor-o‘qituvchilarimiz kurs davomida o‘rgangan yangi bilim va ko‘nikmalarini pedagogik faoliyatlarida keng foydalanadilar.

14:19 / 2024-01-09
Success helper
Success warning