ACCA xalqaro tashkiloti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ACCA xalqaro tashkiloti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 6-fevralida ACCA xalqaro tashkiloti vakillari bilan "Buxgalteriya hisobi va audit" ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.

 

 

 

 

Unda o‘quv dasturlarini xalqaro tashkilot talablariga ko‘ra moslashtirish, o‘quv materiallarining tayyorlanishi va uning tarkibiy tuzilishiga qo‘yiladigan talablar, xalqaro akkreditatsiyaning afzalliklari, o‘quv dasturlarining tan olinish ahamiyati hamda fan dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar haqida fikr yuritildi.

18:22 / 2024-02-06
Success helper
Success warning