Toshkent moliya institutida - "Xon atlas" festivali
O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o'zbekona sharm-hayo me'yorlarini targ'ib qilish, o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida 28-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida "XON ATLAS" festivaliga start beriladi.
Shu kuni barchangizni atlas, adras, beqasam, banoras va boshqa betakror milliy matolardan tikilgan liboslarda va milliy aksessuarlarda kelishga chorlaymiz.
Festival doirasida yoshlarni chellenjlar va fleshmoblar bilan faol ishtirok etishingizni, milliy liboslar go’zalligi namoyish etilgan, kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg’unligi kreativ tarzda taqdim etilgan foto va videolaringizni @tfi_yoshlar_bilan_ishlash telegram manziliga 28-sentyabr soat 18:00 ga qadar yuborishingizni so’raymiz. G’oliblar fakultetlar kesimida taqdirlanadilar.
28-sentyabr kuni soat 19:00 da 3-sonli TTJ da talaba-qizlar o’rtasida “LIBOSLARDA MILLIY QADRIYATLAR NAMOYON” nomli tanlov bo’lib o’tadi.
Festival tashkilotchilari: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, institut Xotin-qizlar Kengashi.