Eʼtiborga muhtoj yoshlar muammolarini hal etish yuzasidan muntazam ish olib borilmoqda

Eʼtiborga muhtoj yoshlar muammolarini hal etish yuzasidan muntazam ish olib borilmoqda

Joriy yilning 11-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda yoshlarga doir hech bir masala eʼtibordan chetda qolmadi. Prezidentimiz uchinchi toifaga batafsil toʻxtaldilar va bir qator yuqori organlar rahbari qatorida har bir oliygoh rektorlariga uchinchi toifadagi eʼtiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirildi. 


Jumladan, Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayevga Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 55 nafar yoshlar biriktirildi. Alohida eʼtiborga muhtoj, ijtimoiy-moddiy jihatdan yordam zarur boʻlgan bu yoshlarning muammolariga yechim izlash, gʻamxoʻrlik qilish va doimiy qoʻllab-quvvatlash asosiy maqsad etib belgilandi. 

 

 

Yunusobod tumanidagi mahallalar biriktirilgan alohida eʼtiborga muhtoj, ijtimoiy-moddiy jihatdan davlatning yordamiga zarurati boʻlgan yoshlar bilan manzilli uchrashuvlar oʻtkazmoqda hamda ularning murojaatlari va muammolarini batafsil oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.

18:35 / 2023-05-12
Success helper
Success warning