Implementation of government programs
Implementation of government programs

 

Davlat dastur ijrosi

  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 25-fevraldagi 81-sonli buyrug‘i hamda institut rektorining 2016-yil 29-fevraldagi 81-sonli buyrug‘iga asosan, Toshkent moliya institutida “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2016-yilning yanvar-noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilovaga muvofiq taqdim etilmoqda.

  “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Toshkent moliya institutida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Hisobot

 

Dasturning bandlari t/r Chora-tadbirlar nomi Ijro muddati Bajarilgan ishlar
1 2 3 4

 

  I. Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

 

1 (1)

  Yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish.

______________________________

  1. Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhga nomzod biriktirish;

  2. Qonun loyihasiga oliy ta’lim muassasalaridan takliflar olish, umumlashtirish hamda takliflarni mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqish;

  3. Institut taqdim etilgan takliflarni o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligiga taqdim etish.

2016 yil

I chorak

1 mart 

15 mart 

20 mart

  Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhga mas’ul biriktirildi.

  Qonun loyihasiga institutdan takliflar olinib, umumlashtirilib, takliflar mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etildi.

2(4)

  “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga bolaning sog‘ligini muhofaza qilinishiga, bolalarning sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom oilada yashash va tarbiya olish huquqlarini ta’minlashga karatilgan, shuningdek shaxsda mavjud bo‘lganda yetim bolalar va ota-onasini qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga vasiylik (homiylik) belgilanishi rad etiladigan kasalliklarni belgilash tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  Ota-ona qarovisiz qolgan yetim bolalar va yetimlardan qaysinisi to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishini, to‘liq davlat ta’minotiga qo‘yish qanday tartibda va qaysi davlat organi tomonidan rasmiylashtirilishini aniqlovchi normalarni kiritish.

______________________________

  1. Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhga nomzod biriktirish;

  2. Qonun loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasalaridan takliflar olish, umumlashtirish va takliflarni mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqish;

  3. Institut bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan tartibda Xalq vazirligiga taqdim etish.

2016 yil

III-chorak

mart

 

aprel

 

 

 

may
  Institutning qonun loyihasi ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirilib, takliflar olindi. Ishlab chiqilgan takliflar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etildi.

 

  III. Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va kishlok vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish

 

3 (26)

  Nikohga kiruvchi shaxslarni ixtiyoriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan qamrab olish tizimi sifati va samaradorligini quyidagi yo‘llar bilan oshirish:

  nikohga kiruvchi shaxslarni, eng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklar (sil, OITS, teri-tanosil kasalliklari) yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifati ustidan doimiy monitoring olib borish;

  barvaqt nikohlarning oldini olish, yaqin qarindoshlarning nikohga kirishlarining oqibatlarini tushun-tirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borish;

  eng avvalo ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mintakaviy ommaviy axborot vositalari orqali nikohga kirishga qadar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;

  oilalarda va nikohga kirayotgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuritish, irsiy va tug‘ma kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borish.

______________________

  1. Institutning Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari, “Ibn Sino” salomatlik ma’rifat maskani vakillari tibbiyot xodimlari, psixologlar hamda mutaxassislaridan iborat tarkibda Targ‘ibot guruhlarini tuzish;

  2. Quyidagi masalalarni qamrab olgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari rejasini ishlab chiqish:

  ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mintaqaviy ommaviy axborot vositalari orqali nikohga kirishga qadar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida;

  oilalarda va nikohga kirayotgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuritish, irsiy va tug‘ma kasalliklar profilaktikasi.

  3. Targ‘ibot ishlarini tizimli amalga oshirish;

  4. Amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini va ularda professor-o‘qituvchilarning chiqishini tashkil etish.

Yil davomida

mart

 

10 mart

 

 

 

 

 

15 mart

  Institutda Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari hamda “Ibn Sino” salomatlik ma’rifat maskani vakillari tibbiyot xodimlari, psixologlar hamda mutaxassislaridan iborat Targ‘ibot guruhi tuzilgan.

  Salomatlik — tuman boylik!” deb bejiz aytmaydilar. Zero, sog‘lom tanda sog‘lom aql, sog‘lom fikr, bunyodkor g‘oyalar yaraladi. Toshkent moliya institutida ham mazkur fikrlarga og‘ishmay amal qilinadi. Bu yerda nafaqat talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, balki bu dargohda faoliyat olib boruvchi har bir o‘qituvchi, ishchi-xodimning salomatligini mustahkamlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: 2016 yil 7 yanvar kuni “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlab Toshkent moliya institutining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan “Sport salomatlik garovi”mavzusida Yunusobod tumanidagi 21-sonli mehribonlik uyida katta sport bayrami tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mehribonlik uyida quvnoq startlar o‘tkazildi. Musobaqa nihoyatda uyushqoqlik bilan o‘tdi. Musobaqada g‘olib bo‘lgan 14 nafar o‘g‘il-qiz fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqa yakunida mazkur mehribonlik uyida parvarishlanayotgan o‘g‘il-qizlarning barchasiga sovg‘a-salomlar ulashildi.

  2016 yil 16 yanvar kuni institutda Sug‘urta fakulteti hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida“OITS va OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olish” maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. “Sug‘urta” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.Jalilov, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi vrach-epedemiologiya G.Ye.Sharipova, institut “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari U.Aglayeva, professor-o‘qituvchilar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 25 yanvar kuni “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida “Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish va kasalliklarni olidini olish masalalari”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlik va tibbiy statistika instituti mas’ul xodimi M.X.Qambarova kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ma’ruza qildi. Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob olishdi.

  2016 yil 10 fevral kuni institutning 1-Ma’ruzalar zalida“Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlab“Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo‘ladi” mavzusida tadbir o‘kazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent X.Sadullayeva, tibbiyot fanlari nomzodi L.Abduqodirova, institut Xotin-qizlar Kengashi raisi R.Azimbayeva hamda professor-o‘qituvchilar va 240 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  2016 yil 27 fevral kuni Moliya-iqtisod fakulteti kafedra haftaliklari doirasida Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-talabalar turar joyida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarfdorimiz”mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar bilan sport musobaqasi tashkil qilishdi. Talabalar hamda ustozlar bellashuvida MM-82 guruhidan Nasrullayev B., Odilov J., MM-81 guruhidan Sindorov Q., MM-55 guruhi talabalari Majidov S., Mustafayev Z. shashka-shaxmat, stol tennisi kabi sport musoboqasida faol ishtirok etishdi. Tadbir ancha faol, talabalarning katta qiziqishi ostida o‘tkazildi.

  2016 yil 17 mart kuni Moliyaviy menejment fakultetida“Reproduktiv salomatlik. Erta nikoh va erta tug‘ruqlarni oldini olish”maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. “Moliyaviy menejment” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Maxammadiyev, Respublika reproduktiv salomatlik markazi shifokori To‘laganova Go‘zal, institut “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari U.Aglayeva, professor-o‘qituvchilar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 26 mart kuni Hisob va audit fakulteti hamda “Ibn Sino” salomatlik maskani hamkorligida “Sil va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Salomatlik va statistika instituti metodist shifokori Sh.Siddiqova, Yunusobod tuman 4-son Silga qarshi dispanser rentgenologi Sh.Fayzullayeva va fiziyatr M.Sharipova, “Ibn Sino” salomatlik maskani rahbari U.Aglayeva, Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova, dekan muovinlari hamda guruh murabbiylari va 250 nafar fakultet talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 19 aprel kuni Moliya-iqtisod fakultetida O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlik va tibbiy statistika instituti xodimlari ishtirokida“Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”mavzusida tadbir o‘tkazildi. tadbirda Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti shifokori S.Mullayeva, G.Toshmatova, Moliya-iqtisod fakulteti dekan muovini I.Choriyev, TMI “Ibn Sino” salomatlik maskani rahbari U.Aglayeva, fakultet akademguruh ustoz-murabbiylari hamda akademguruh talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 26 aprel kuni Buxgalteriya hisobi kafedrasi tomonidan“Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash – ustuvor vazifamizdir”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova, TMI “Ibn Sino” salomatlik maskani rahbari U.Aglayeva, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi D.Akramova, Toshkent shahar “Salomatlik va tibbiy statistika” instituti uslubchi shifokori Sh.Siddiqova, Buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri v.b. A.Karimov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda hisob va audit fakulteti talabalari.

  2016 yil 11 may kuni “Moliyaviy-menejment” fakultetida “Ibn Sino” salomatlik markazi hamkorligida 31 may Chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Butun jahon chekishga qarshi kurash”mavzusida tadbir o‘tkazildi. Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi shifokorlari Uteshov Malik, Toshmatova Gulnoza, Shofayziyeva Aziza, Moliyaviy-menejment fakulteti dekani O.Astanaqulov, Moliyaviy-menejment fakulteti dekan muovini X.Shodmonov, “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari U.Aglayeva, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi K.Maxmudov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, akademguruh murabbiylari hamda fakultetning 120 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

  2016 yil 11 may kuni “Moliyaviy-menejment” fakultetida “Ibn Sino” salomatlik markazi hamkorligida“Zararli odatlar profilaktikasi, narkomaniya”mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda sog‘lom avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida turli zararli odatlar, jumladan giyohvandlik, ichkilikbozlik, narkomaniya kabilarning oldini olishga katta ahamiyat berildi. Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi shifokorlari Uteshov Malik, Toshmatova Gulnoza, Shofayziyeva Aziza, Moliyaviy-menejment fakulteti dekani O.Astanaqulov, Moliyaviy-menejment fakulteti dekan muovini X.Shodmonov, “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari U.Aglayeva, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi K.Maxmudov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, akademguruh murabbiylari hamda fakultetning 60 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

  2016 yil 18 may kuni Toshkent moliya institutining ARM zalida Moliyaviy menejment fakulteti «Menejment va marketing» kafedrasi tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturini amalga oshirish doirasida “Sog‘lom bola — sog‘lom va ahil oila mevasidir” (Erta nikoh oqibatlari) mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi UAShTAG kafedrasi dotsenti, meditsina fanlari nomzodi U.P.Mamadaliyeva hamda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi UAShTAG kafedrasi dotsenti, meditsina fanlari nomzodi G.O.Axmedova, Moliyaviy menejment fakulteti dekani muovini X.Shodmonov, Menejment va marketing kafedrasi mudiri X.Asatullayev kafedraning professor-o‘qituvchilari va fakultetning M-60, M-61, M-30, M-01, M-80 guruhlar talabalari ishtirok etdilar. Kirish so‘zini Moliyaviy menejment fakulteti dekani muovini X.Shodmonov ochib berdi. Tadbirda ma’ruzachilar sog‘lom oilani saqlab qolish uchun erta turmush qurish oqibatlari, qon-qarindoshlikdagi turmush qurish asoratlari, nasliy kasalliklarning davomiyligi, ta’siri haqida atroflicha statistik ma’lumotlar asosida tushuncha berib taqdimot qildi va e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Tadbir so‘ngida talabalarga videoroliklar qo‘yib berildi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tadbir mehmonlaridan javoblar oldilar va ushbu mavzudagi tadbirlar muntazam tashkil etilishini taklif qildilar.

  2016 yil 27 may kuni institut 1-ma’ruzalar zalida Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti “Budjet hisobi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Sog‘lom bola muhofazasi – kelajak poydevori”mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani J.Karimqulov, tadbir mehmoni Respublika onkologiya markazi bolalar onkologiyasi mutaxassisi A.Shukrullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

  2016 yil 17 sentabr kuni 246-sonli maktabda “Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish” va “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish”bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O’quv mashg‘ulotida Qizil yarim oy jamiyati Yunusobod tumani bo‘limi, O’zMTDP Yunusobod tumani Kengashi, Toshkent moliya instituti Ibn Sino salomatlik markazi rahbari U.Aglayevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

  2016 yil 21 sentabr kuni Toshkent moliya instituti “Moliyaviy menejment” fakultetida“Sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O’.Narbayev, Moliyaviy-menejment dekan muvoni A.Allanazarov, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti, Sog‘lom turmush tarzi bo‘lim boshlig‘i N.A.Akramovna, tadqiqotchi shifokor B.Zokirov, mutaxassis A.Shofayziyeva hamda fakultet pedagog-xodimlari talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 29 sentabr kuni 3 -Talabalar turar joyida Moliyaviy menejment fakulteti dekanati, fakultet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti boshchiligida“Shaxsiy gigiyena salomatlik garovi”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Moliya-iqtisod fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi R.Toshmatova, Moliyaviy menejment fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi N.Diyorova 3-TTJda yashovchi talabalar ishtirok etishdi.

  2016 yil 18 oktabr kuni Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va unga qarshi kurashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda ularning bu boradagi tushunchalarini oshirish maqsadida“Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi xodimi B.G.Ro‘zimurodov, X.G.Djalilov, Toshkent shahar Narkalogiya markazi dispanseri vrach-narkolog Yu.I.Allanazarova, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi ma’sul xodimi X.X.Eshov, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, Ustoz murabbiylar kengashi raisi N.Ochilov, Moliya-iqtisod fakulteti dekani D.Rustamov, Moliya-iqtisod fakulteti dekan muovini I.Qulliyev, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi K.Maxmudov, institut ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda Moliya-iqtisod fakulteti 230 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

  2016 yil 13 oktabr kuni institutning “Hisob va audit” fakulteti “Statistika” kafedrasi tomonidan 1-ma’ruzalar zalida “Sog‘lom onadan – sog‘lom farzand dunyoga keladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B.Begalov, “Intelektual oila barqaror rivojlanish poydevoridir” mavzusida iqtisod fanlari doktori, akademik S.S.G’ulomov, “Sog‘lom onadan – sog‘lom farzand dunyoga keladi” mavzusida tibbiyot fanlari doktori, professor P.X.Nazarov hamda “Hisob va audit” fakulteti dekani K.Karimova ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirda “Hisob va audit” fakulteti dekani K.Karimova, “Statistika” kafedrasi mudiri N.Rashitova hamda pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 2016 yil 1 noyabr kuni Toshkent moliya instituti “Moliyaviy tahlil” kafedrasi 3-sonli Talabalar turar joyida“To‘g‘ri ovqatlanish sog‘liq garovi”mavzusida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda kafedra mudiri M.Raximov, T.Shog‘iyasov, G’.Ibragimov, Z.Sagdillayeva, I.Urmanbekova, N.Qalandarova, M.Amirdinova, N.Samadova, N.Mavlonova, A.Abdullayeva, O.Ochilov, B.Alimov hamda 3-TTJda yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  2016 yil 15 noyabr kuni Toshkent moliya instituti 1-TTJda Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan kafedra haftaliklari doirasida “Sil kasalligi va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani “4-Silga qarshi dispanseri” vrach ftizeatri Sh.Abduraxmonov, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi pedagog-xodimlari K.Xomitov, A.Madaminov, Sh.Mardonov, O.Nurbekov, Sh.Asomxo‘jayeva, S.Yakubova, B.Qudratov, S.Maxmudovalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 2016 yil 17 noyabr kuni soat 10:30da Toshkent moliya instituti Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamkorligida kolej o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarni oldini olish maqsadida“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, Toshkent shahar OITS ga qarshi kurash markazi shifokori D.Akromova, Toshkent shahar Yunusobod narkologiya dispanseri shifokori Allanazarova Yu, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklarni oldini olish va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori A.Ochilov hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

 

  V. Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash

 

4 (36)

  Quyidagilarni tashkil etish va o‘tkazish:

  Farg‘ona shahrida “Universiada – 2016” sport o‘yinlari;

_____________________________

  1. Ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;

  2. Sport o‘yinlariga tayyorgarlikni tashkil etish;

  Sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish.

  3. Sport o‘yinlariga jamoalarni tayyorlash va ularning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

  4. Chora-tadbirlar rejasi asosida ishlarni tashkil qilish.

2016 yil aprel-may

mart-

 

 

aprel-may

 

 

5 mart

 

 

 

mart-may

  “Universiada-2016” sport o‘yinlariga talaba-yoshlarni jalb qilish belgilab olindi.

  Respublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida“Universiada - 2016”sport musobaqalarida ishtirok etish uchun institutning “Kredit-iqtisod” fakulteti KBI-30-guruh talabasi Oxunova Sitora sportning shaxmat turi bo‘yicha institutning terma jamoasi, sportning futbol turi bo‘yicha fakultetning 4 nafar talabasi institut terma jamoasi a’zosi ishtirok etdi.

  2016 yilning 7 aprel kuni Toshkent moliya institutining talabalar shaharchasida joylashgan sport majmuasining ochiq futbol maydonidasportning futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tashabbuskorligida “Kafedra haftaligi” tadbirlari hamda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport ishlari yillik dastur hamda nizomiga muvofiq ravishda tashkil etildi. Unda institutning 1-va 2-sonli talalabalar turar joylari o‘z terma jamoalari bilan ishtirok etdilar. Musobaqa nihoyatda uyushqoqlik bilan o‘tdi. Qizg‘in kechgan baxslar natijalariga ko‘ra institutning 1-sonli TTJ terma jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin 2-sonli TTJ terma jamoasiga nasib etdi. Musobaqa ishtirokchilari Toshkent moliya instituti rektorining maxsus faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

  2016 yil 29 aprel kuni institutning sport majmuida mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola” yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan institut rektorati va kasaba uyushma qo‘mitasi rayosatining 04.04.2016 yildagi №129, 5/1 - sonli qo‘shma qaroriga asosan institutda ishlovchi pedagog-xodim va ishchi-xodimlar hamda ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa, oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida“Sog‘lom oila” shiori ostida oilaviy sportmusobaqasi o‘tkazildi. Musoboqalarda institutning barcha fakultetlaridan 70 nafar ayol professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘z farzandlari bilan ishtirok etishdi. Musobaqalar 6 sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Musoboqa yakunlariga ko‘ra “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi dotsenti I.Bakiyeva va “Budjet hisobi” kafedrasi dotsenti N.Bo‘riyevalar oilaviy jamoasi 1-o‘rinni (“Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti), “Moliyaviy menejment” kafedrasi o‘qituvchisi U.Nazarova va N.Tursunovalarning oilaviy jamoalari 2-o‘rinni (“Moliyaviy menejment” fakulteti), “Moliyaviy tahlil” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Urmanbekova va N.Qalandarovalarning oilaviy jamoasi fahrli 3-o‘rinni (“Hisob va audit” fakulteti) egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Musobaqa g‘oliblari institut rektorati va kasaba uyushmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda prorektor X.Shennayev, kasaba uyushmasi raisi Z.Yuldashev, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Azimbayeva va kafedra mudirlaridan M.Raximov, L.Zoirov, O.Kenjaboyev, B.Mamatov va boshqalar ishtirok etishdi.

  2016 yil 13 may kuni Toshkent moliya instituti hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasining ma’naviy ma’rifiy ishlar va yillik sog‘lomlashtirish sport tadbirlari rejalari va Nizomiga muvofiq“Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” va “Navro‘z – umumxalq bayrami” ga bag‘ishlab, sportning futbol, arqon tortish, tosh ko‘tarish, estafeta yugurish turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida institut rektorati va “Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tashabbuskorligida 2016 yilning aprel oyida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada institutning har bir fakulteti sport turlariga mos ravishda o‘z terma jamoasi va yakka tartibdagi ishtirokchilari bilan musobaqa Nizomi asosida qatnashdilar. Sport turlari bo‘yicha keskin va murosasiz kechgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Futbol” bo‘yicha chempionatni o‘ta kamtarona va vazminlik bilan boshlagan “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoasi g‘oliblik kubogini abjirlik bilan qo‘lga kiritib, haqli ravishda g‘alaba qozondi. Muhlislarning qo‘llab-quvvatlashi va davomli qarsaklar ostida maydonga tushib shiddatli va murosasiz o‘yin ko‘rsatgan “Sug‘urta” fakulteti jamoasiga esa faxrli ikkinchi o‘rin nasib etdi. O’zining kirishimliligi, qat’iyatliligi bilan ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgan “Moliya-iqtisod” fakulteti jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Arqon tortish” bo‘yicha kechgan tortishuvlarda yana g‘alaba “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti, uchinchi o‘rinni “Moliya-iqtisod” fakulteti hamda to‘rtinchi o‘rinni “Moliyaviy menejment” fakulteti jamoalari qo‘lga kiritdilar. “Estafeta yugurish” bo‘yicha kechgan bellashuvlarda g‘alaba “Moliya-iqtisod” fakulteti jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni “Moliyaviy menejment” fakulteti, uchinchi o‘rinni “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti hamda to‘rtinchi o‘rinni “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoalari qo‘lga kiritdilar. “Tosh ko‘tarish” bo‘yicha kechgan baxslarda esa g‘alaba “Moliya-iqtisod” fakulteti jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni “Moliyaviy menejment” fakulteti, uchinchi o‘rinni “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti hamda to‘rtinchi o‘rinni “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoalari qo‘lga kiritdilar. Bunda eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchi sifatida sportning “Tosh ko‘tarish” turi bo‘yicha “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti BPI-82 guruh talabasi Jahongir Sadriddinzoda hamda “Futbol” bo‘yicha “Kredit-iqtisod” fakulteti darvozaboni Akromjon Sulaymonovlar alohida e’tirof etildi va musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisi deya tan olindi.

  Musobaqa g‘oliblari institut rahbariyati va “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tomonidan qimmatbaho kubok, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Institut rektorati va kasaba uyushma qo‘mitasi rayosatining 07.04.2016-yildagi “Institutda 9-may – Xotira va qadrlash kuni” bayramini nishonlash to‘g‘risidagi” № 131, 5/3- sonli qo‘shma qarori asosida 2016 yilning aprel-may oylarida pedagog-xodim va ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda erkak pedagog-xodim va ishchi-xodimlar sportning futbol, shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha, ayol pedagog-xodim va ishchi-xodimlar esa voleybol, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha ishtirok etishdi. Ayol pedagog-xodim va ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqalarida “Moliyaviy menejment” fakulteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni, “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoasi 2-o‘rinni va “Hisob va audit” fakulteti jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Stol tennisi musobaqalarida “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi Shermuhamedova Shirin 1-o‘rinni, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi Samadova Nargiza 2-o‘rinni, “Bank ishi” kafedrasi laboranti Sodiqova Iroda 3-o‘rinni, shashka musobaqalarida “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi laboranti Baxtiyorova Kamola 1-o‘rinni, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti Sobirova Lola 2-o‘rinni, “Bank hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi G’aniyeva Umida 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarning mini futbol sport turida “Kredit-iqtisod” fakulteti jamoasi 1-o‘rinni, Rektorat jamoasi 2-o‘rinni, “Moliyaviy menejment” fakulteti jamoasi 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Stol tennisi musobaqalarida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Olim Namozov 1-o‘rinni, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi Azamat Madaminov 2-o‘rinni, Rektorat jamoasi a’zosi Qobil Alimov 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Shaxmat musobaqalarida “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Abror Maxammadiyev 1-o‘rinni, “Reja-moliya” bo‘limi boshlig‘i Akbar Norqulov 2-o‘rinni va “Moliya-iqtisod” fakulteti o‘quv binosi komendanti Yusuf Xojiyev 3-o‘rinni egalladi. Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari institut rektorati va kasaba uyushmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Sport musoboqalari g‘oliblariga sovg‘alarni prorektor N.Xaydarov va institut kasaba qo‘mitasi raisi Z.Yuldashev topshirdilar.

  2016 yil 28 sentabr kuni 1-ma’ruzalar zalida Hisob va audit fakulteti tomonidan“Olimpiada chempionlari – bizning faxrimiz”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida institut rektori B.Begalov, Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari oltin medali sohibi, boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi, boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi, boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi Axmadaliyev Murodjon Qahhor o‘g‘li ishtirok etdi. Davra suhbati davomida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

  Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb – hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda 2016-yil“Sog‘lom ona va bola”yili munosabati bilan 2016-yil 2-noyabr kuni soat 09:00 da o‘rta maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchi qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha tasdiqlangan Nizom asosida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada TMI qoshidagi akademik litseydan 6 nafar, TDShI qoshidagi akademik litseydan 6 nafar, TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyidan 6 nafar, Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejidan 6 nafar, Respublika rassomchilik kollejidan 6 nafar, Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejidan 6 nafar, Yunusobod Dizayn KHKdan 6 nafar, Yunusobod Mashinasozlik KHKdan 6 nafar, Yangiyo‘l qishloq kollejidan 6 nafar o‘quvchi qizlar, jami 54 o‘quvchi qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar Toshkent moliya instituti tomonidan ta’sis etilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Musobaqa natijalari: Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchlik kasb-hunar kolleji jamoasi 1-o‘rin, Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji jamoasi 2-o‘rin, Yunusobod Dizayn kasb-hunar kolleji jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

  2016 yil 2 noyabr kuni soat 10:40 da Toshkent moliya instituti Sug‘urta fakulteti “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi kafedra haftaliklari doirasida “Ommaviy madaniyat va uning yoshlar ma’naviy ongiga salbiy ta’siri, uni kamaytirish omillari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Sug‘urta fakulteti dekani U.Radjabov, Xotin-qizlar kengashi raisi R.Azimbayeva, kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  2016 yil 2 noyabr kuni soat 18:00 da Toshkent moliya institutining 1 –sonli TTJda Moliya kafedrasi hamkorligida“Futbol – millionlar o‘yini” mavzusida sportchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Moliya-iqtisod fakulteti dekani D.Rustamov, “Bunyodkor” yoshlar futbol klubi bosh murabbiysi M.Qosimov, “Bunyodkor” yoshlar futbol klubi murabbiysi T.Babaxanov, 1-sonli TTJ talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

  VIII. Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish

 

5 (55)

  Bolalar maktabgacha ta’lim va boshqa tegishli muassasalarini jihozlash uchun sotib olinadigan inventarlar, mebellar, shu jumladan o‘quv, o‘quv-laboratoriya uskunalariga talablar va standartlarni rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, eng avvalo, ularning ergonomikligini, qo‘llashga qulayligini va foydalanishga xavfsizligini, uzoq muddat qo‘llash mumkin bo‘lgan va zararsiz materiallarni va energiya jihatidan samarali texnologiyalarni qo‘llash nuqtai nazaridan tubdan qayta ko‘rib chiqish.

________________

  1. Institut uchun olib kelinadigan jihozlarning texnik talablarini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish;

  2. Yangi ishlab chiqilgan texnik talablarni amaliyotga joriy etish.

Yil davomida

may

 

 

 

sentabr
  Institut uchun olib kelinadigan jihozlarni texnik talablarini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish belgilab olindi hamda mas’ul ishchi guruh shakllantirildi. Institutga olinadigan har bir jihoz bo‘yicha ekspert komissiyasi va tender savdolari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
6 (61)

  Bolalarning xorijiy tilda muloqotda bo‘lishini quyidagi yo‘llar bilan yanada rivojlantirish:

  “Bolajon” telekanalida seanslar va namoyish qilish vaqtini ko‘paytirgan holda multfilmlar va bolalar badiiy filmlarini xorijiy tildagi originalini namoyish qilish;

  “Dunyo bo‘ylab” telekanalida xorijiy bilish dasturlarini namoyish etish;

  umumta’lim maktablarida xorijiy tillarixlosmandlari klublarini tashkil etish.

  Shu bilan bir qatorda quyidagilar nazarda tutiladi:

  yangi o‘quv yiligacha 4-sinf uchun ingliz tili darsligini nashr etish va o‘quvchilarga yetkazish;

  o‘qituvchilarning kasbiy mahoratinioshirishning har hafatalik kurslarida o‘qitishni davom ettirish, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi xorijiy tillar o‘qituvchisi” respublika tanlovi g‘oliblari uchun xorijda tajriba orttirishlarini tashkil etish.

__________________

  1. Bolalarning ingliz tilida muloqot qilish darajasini yanada rivoj-lantirishga qaratilgan “Bolajon” va “Dunyo bo‘ylab” telekanali bilan hamkorlik chora-tadbirlarini belgilash hamda tajribali mutaxassis o‘qituvchi-larni biriktirgan holda amaliy yordam ko‘rsatish;

  2. Umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha tashkil etiladigan klublarda talabalar ishtirokini tashkil etish;

  3. Xorijiy tillar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishning har hafatalik kurslaridao‘qitishni samarali tashkil etish.

Doimiy

 

 

Doimiy

 

Doimiy

 

 

Yil davomida

 

 

 

 

mart

 

 

 

Yil davomida

  Bolalarning ingliz tilida muloqot qilish darajasini yanada rivoj-lantirishga qaratilgan “Bolajon” va “Dunyo bo‘ylab” telekanali bilan hamkorlik chora-tadbirlarini belgilandi, tajribali mutaxassis o‘qituvchilarni biriktirgan holda amaliy yordam ko‘rsatish, umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha tashkil etiladigan klublarda talabalar ishtirokini tashkil etish, xorijiy tillar o‘qituvchilarini kasbiy mahoratinioshirishning har haftalik kurslaridao‘qitishni samarali tashkil etish belgilab olindi.

  Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi” kafedrasi mudiri i.f.n S.Mehmonov “Yoshlar” radiokanali bilan hamkorlikda“Istiqlolim - iqbolim”radiofilmini tayyorlashda o‘z intervyusi bilan ishtirok etdi. Intervyu 2016 yil 5 iyun kuni “Yoshlar” radiokanalining “Davr hafta ichida” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.

  Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi professori Sharbat Abdullayeva va “Bank hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maqsud Zaxirov “Dunyo bo’ylab” telekanali DUKning Axborot tahliliy dasturlar muharririyati ijodkorlari tomonidan 2016 yil 27 iyun kuni “1 iyul – O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomilaga kiritilgan kuniga bag‘ishlangan“Tafsilot” nomli ko‘rsatuviga intervyu berdi. Intervyuda turli valyutalar tarixi, jahon moliyaviy munosabatlarida ularning o‘rni, milliy valyutamizning muomilaga kiritilishi jarayoni, mustaqillik yillarida uning mavqeini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Ushbu ko‘rsatuv 2016 yil 30 iyun kuni soat 19:30da efirga uzatildi.

  2016 yil 28 oktabr kuni soat 15:00 da Toshkent moliya institutining 2- ma’ruzalar zalida Oliy va amaliy matematika kafedrasi kafedra haftaliklari doirasida “4 dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni” mavzusida siyosiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining bosh muharriri, siyosiy sharhlovchi G’ofurjon Jamalov, O’zbekiston Respublikasi IIB ma’sul xodimi podpolkovnik Ulug‘bek Tuymaboyev kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
7 (62)

  2016-2020 yillarda umumtalim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodini ishlab chikish va nashr etish bo‘yicha dasturning loyixasini tayyorlash va bunda respublikada ingliz tilida nashr etilgan darsliklarni ishlab chiqishda orttirilgan ilg‘or tajribadan unumli foydalangan holda quyidagilarga e’tibor berish:

  umumiy majburiy ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv fanlarini, birinchi navbatda, aniq va tabiiy fanlarni o‘kitishning prinsipial yangi metodologiyasini joriy etish;

  yangi o‘quv dasturlari va zamonaviy illyustratsiyali darsliklarni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ish daftari, multimediyali disk ilova qilingan o‘qituvchi kitobidan iborat holda ishlab chiqish;

  yangi ta’lim standartlarini, o‘quv dasturlarini va rejalarini, eng avvalo, darsliklar va multimediyali ilovalarni ishlab chiqishda ko‘maklashish uchun Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiyadan yetakchi o‘quv markazlarini, o‘qitishning tegishli sohalaridagi xalkaro ekspertlarni va mutaxassislarni jalb etish.

__________________

  1. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimlar, metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilardan Ishchi guruhiga nomzodlar tavsiya etish;

  2. Nomzodlar ro‘yxatini va takliflarni Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish.

2016 yil

mart
  Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimlar, metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilardan Ishchi guruhga nomzodlar ro‘yxati shakllantirilib Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etildi.
8 (64)

  Aholiga ko‘rsatiladigan axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish maqsadida Milliy kutubxona tarkibiga viloyatlar axborot-kutubxona markazlarini filial sifatida qo‘shish, ularning respublikaning barcha axborot-resurslari bilan o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlagan holda:

  mahalliy muassasalar qiyofasini sifatli o‘zgartirish, ularning faoliyatiga multimediya texnologiya-larni joriy etish yo‘li bilan yoshlarning ilm olish zamonaviy markazlariga aylantirish;

  bolalar va o‘smirlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan mumtoz jahon va o‘zbek adabiyoti asarlari, qadimiy qo‘lyozmala-rining raqamli nusxalarini yaratish, ularni turli manbalarda (matbaa, audiovizual, elektron va boshqa manbalarda) nashr etish va ulardan keng foydalanishni ta’minlash.

__________________

  1. Qaror loyihasi uchun institut bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  2. Takliflarni Axborot texnologiya-   larini va kommunikatsiyalarini rivoj-lantirish vazirligigataqdim etish.

2016-2019 yillar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

mart

aprel

  Aholiga ko‘rsatiladigan axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish maqsadida institutda “Kitob ko‘chma savdo” markazi tashkil etildi.

  Institut kutubxonasida elektron kitoblar jamlanmasi tashkil etildi hamda undan keng foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, institut fayelarida kitob yarmarkalari tashkil etildi.

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari Kompleksining 2016 yil 10 maydagi “Kitob bayrami”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli majlis bayoniga muvofiq“Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”shiori ostida 2016 yil 26-28 may kunlari G’ofur G’ulom nomidagi istirohat bog‘ida Respublika“Kitob bayrami”tashkillashtirildi. Ushbu “Kitob bayrami”ga institutning professor-o‘qituvchilari va 50 nafardan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  2016 yil 2-10 sentabr kunlari 680 nafar talabalar Toshkent Alisher Navoiy kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar kutubxonaga a’zo bo‘lishdi.

 

  IX. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun ist’emol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini ta’minlash

 

9 (70)

  13 ta akademik litsey va 107 ta kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlash uchun zarur ishlab chikarish asbob-uskunalari va boshqa asbob-uskunalar xarid kilishga alohida e’tibor qaratgan holda ularni jihozlash.

_________________

  1. 2016 yil Investitsiya dasturini bajarish yuzasidan tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z muddatlarida amalga oshirish;

  2. O’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlash uchun zarur ishlab chiqarish asbob-uskunlari va boshqa asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish hamda yetkazib berilishini ta’minlash.

Yil mobaynida

Jadval asosida, belgilangan muddatlarda

  Institut tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kolejlarinirekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlashga yordam ko‘rsatish maqsadida barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
10 (72)

  Yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan, lekin boshqa qonuniy vakillari (vasiylari) bo‘lgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun ularga ta’lim muassasasini bitirishida va ishga joylashishida “Mahalla”' fondi mablag‘lari hisobiga to‘lanadigan eng kam oylik ish haqining yigirma baravari mikdorida biryo‘la nafaqa berishni joriy etish.

_______________

  1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat-larni ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish.

  2. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash.

  3. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda kelishuvdan o‘tkazish va tasdiqlanishini tashkil etish.

  4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kam ta’minlangan oilalar haqida ma’lumotlar to‘plash;

  5. Moddiy yordam va nafaqa oluvchilarning ro‘yxatini shakllantirish va tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan tasdiqlash;

  6. Moddiy yordam ko‘rsatish.

Tashkiliy masalalar – 2016 yil I chorak

Amalga oshirish – 2015/2016 o‘quv yilidan boshlab muntazam ravishda

mart

aprel

reja asosida

yil davomida
  Institut taasarufidagi kasb-hunar kollej va litseylardagi yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bitiruvchilarni ta’lim muassasasini bitirishida va ishga joylashishida “Mahalla”' fondi mablag‘lari hisobiga to‘lanadigan eng kam oylik ish haqining yigirma baravari mikdorida bir yo‘la nafaqa berishni joriy etish belgilab olindi.

 

  X. Dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish

 

11 (76)

  Quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash yo‘li bilan har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash masalalarida oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash:

  ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash, o‘qitish sifati yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

  o‘quvchilarni qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklar mashg‘ulotlariga keng jalb etish;

  ta’lim muassasalari va fuqarolar yig‘inlarini “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzuidagi axborot materiallari bilan ta’minlash;

  maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Mahalla – mening taqdrimda” ko‘rik tanlovini o‘tkazish.

_______________

  1. Davomat yuzasidan doimiy monitoring yuritish, o‘quv sifati ustidan jamoatchilik nazoratini tizimli amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish.

  2. Talabalarni to‘garaklarga keng jalb etish.

  5. Institut va fuqarolarni “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzuidagi axborot materiallari bilan ta’minlash.

2016 yil

I chorak

yil davomida

2016 yil II chorak

2016 yil IV chorak

mart

Yil davomida

  Institutda talabalarning davomati yuzasidan doimiy monitoring yuritilib kelinmoqda, o‘quv sifati ustidan jamoatchilik nazorati tizimli amalga oshirilmoqda.

  Institutda talabalarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra haftaliklari”, “Ota-onalar kuni” tadbirlarining ta’lim bilan uyg‘unlashgan holda sermazmun o‘tkazilishiga erishildi. Institutda tashkil etilgan “Yosh posbonlar” jamoat tuzilmasi, “Moliyachi” teatr, “Yoshlik” badiiy jamoalari, “Notiqlar”, “Munozara”, “Vatanparvar”, “Orasta qizlar”, “Yosh adabiyotchilar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Tashabbuskor yoshlar” hamda “Bunyodkor yoshlar” kabi klublari va26 ta fan to‘garaklari, sportning 8 turini o‘z ichiga qamrab olgan sport seksiyalari faoliyati talabalarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tishiga xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlash mumkin. Institut jamoasining Respublikamiz miqyosida nishonlanadigan bayram tadbirlarini yuqori saviyada, uyushqoqlik va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish borasida tajribasi qator oliy o‘quv yurtlari va tegishli tashkilot vakillari tomonidan e’tirof etilishi ham tahsinga sazovordir.

 

  XI. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda "Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish

 

12 (83)

  Quyidagilarni:

  «Sog‘lom ona va bola yili: mohiyat va ahamiyat» mavzuida targ‘ibot materialla-rini tayyorlash:

  talaba yoshlar uchun Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining             23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasining mazmun- mohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy to‘plamni chop etish va shu asosda maxsus kursni o‘qitishni tashkil etish orqali «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini bajarish doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhimligi va ahamiyatini aholi barcha qatlamlariga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli axborot-targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.

_______________

  1 O’quv-metodik to‘plamni oliy ta’lim vazirligidan olish;

  2. O’quv-metodik to‘plam asosida maxsus kurs o‘qitilishini tashkil etish;

  3. Banddagi vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ijrochilarning qo‘shma qaror loyihasini tayyorlash;

  4. Targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va ularni targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash;

  5. Targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish.

2016 yil mart-aprel

mart

mart-aprel

mart

aprel

jadval asosida
  Institut talaba-yoshlari uchun Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasining mazmun- mohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy to‘plam vazirlikdan institutga olib kelindi.
13 (84)

  Internet tarmog‘ining ommaviy ijtimoiy tarmoqlarida mamlakatimizda yoshlar siyosati qanday amalga oshirilayotgani va uning natijalari, bola huquqlarini himoya qilish borasidagi choralar, jumladan, “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan tadbirlar, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan boshqa axborot materiallarini yoritishga bag‘ishlangan sahifalarni yaratish.

________________

  1. Ijodiy-ishchi guruh shakllantirish;

  2. “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan turkum axborot materiallari tayyorlash hamda ularni Internet tarmog‘ining ommaviy ijtimoiy tarmoqlarida yoritib borish.
Yil davomida

  “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan tadbirlar, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan boshqa axborot materiallarini yoritishga bag‘ishlangan ijodiy-ishchi guruh shakllantirilmoqda.

  2016 yil 29 sentabr kuni Kafedra haftaligi doirasida 2-talabalar turar joyida“Globallashuv sharoitida internet”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Bank ishi” kafedrasi mudiri D.Saidov va professor o‘qituvchilari Sh.Davirova, X.Xudayarova, M.Ernazarova, X.Zunnunova, F.Xolmatov hamda TTJ turar joyida yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  2016 yil 11 noyabr kuni Toshkent moliya instituti “Moliyaviy menejment” fakulteti “Moliyaviy menejment” kafedrasi tomonidan “Jamiyatning axborotlashuvi jarayoni: ijobiy va salbiy tomonlari”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Moliyaviy menejment” fakulteti dekani O.Astanaqulov, dekan muovinlari, “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri B.Toshmurodova professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
14 (86)

   "Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam”;

  “2016 yil ­­– Sog‘lom ona va bola yili” mavzusida plakatlar to‘plamini chop etish:

________________

  1. Plakatlarni institutga olib kelishni ta’minlash;

  2. Plakatlardan talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarida keng foydalanish.

2016 yil I chorak

may-iyun

yil davomida
  Vazirlikdan “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam”; “2016 yil ­­– Sog‘lom ona va bola yili” mavzusida plakatlar to‘plamini olib kelindi hamda talaba o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarida keng foydalanilmoqda.
15.

  Aholi, xususan talaba-yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlar, ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro hurmat an’analarini targ‘ib etishga qaratilgan quyidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish:

________________

  1. ”Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” mavzuida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari;

  2. «Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam va ahil bo‘lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari» mavzusi bo‘yicha seminarlar;

  3. “Onalar baxti – farzandlar kamolida” mavzuida davra suhbatlari;

“Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish – ulug‘ qadriyat” mavzusidagi ijodiy tanlovlar.
Jadval asosida

  Institut talaba-yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlar, ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro hurmat an’analarini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan: 2016 yil 23 fevral kuni “Moliya-iqtisod” fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi haftaliklari doirasida“Farzand tarbiyasida oila va mahallaning roli” mavzusidagi ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston xalq shoirasi Sharifa Salimova, Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliyev, dekan muovinlari, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

  2016 yil 4 mart kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb – hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda 2016-yil “Sog‘lom ona va bola”yili hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 2016-yil 3-mart kuni soat 14:00 da o‘rta maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchi qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning shashka turi bo‘yicha tasdiqlangan Nizom asosida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada TMI qoshidagi akademik litseydan 3 nafar, TMI qoshidagi 2 akademik litseydan 3 nafar, TDShI qoshidagi akademik litseydan 3 nafar, Toshkent soliq kollejidan 3 nafar, Toshkent rassomchilik kollejidan 3 nafar, Toshkent Iqtisodiyot kollejidan 3 nafar, Toshkent Iqtisodiyot va servis kollejidan 3 nafar, Yunusobod Dizayn KHKdan 3 nafar, Yunusobod Mashinasozlik KHKdan 3 nafar o‘quvchi qizlar, jami 27 o‘quvchi qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar Toshkent moliya instituti tomonidan ta’sis etilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

  2016 yil 11 mart kuni institutining Budjet hisobi va jamg‘armalari fakultetida “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida“Sog‘lom oila – barqaror jamiyat poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori v.b. O.Ortiqov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti bo‘lim boshlig‘i I.Muxtasinov, Toshkent shahar Yunusobod tumani Sil kasalliklariga qarshi dispanseri N.Atametova,   Toshkent shahar Yunusobod tumani teri kasalliklariga qarshi dispanseri shifokori A.Abdalov, Toshkent shahar Yunusobod tumani Teri-tanosil kasalliklariga qarshi dispanseri shifokori R.Abdusamatov, institut Ibn Sino salomatlik markazi rahbari U.Aglayeva professor-o‘qituvchilar hamda 200 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  2016 yilning 28 mart kuni “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan“Sog‘lom bola — yurt tayanchi” mavzusida kafedra haftaligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda soha mutaxassislari tomonidan tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini mustahkamlash yuzasidan ma’ruza qilindi. Yoshlar o‘rtasida turli zararli illatlar, jumladan, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabilarning oldini olishga katta ahamiyat berildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarining savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob olishdilar.

  2016 yil 7 aprel kuni Toshkent moliya instituti “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi dotsenti A.Abdullayev, S.To‘marislar Yunusobod tumani 54-oilaviy poliklinikasida “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan“Oilada voyaga yetayotgan yosh avlod tarbiyasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 54-oilaviy poliklinikasi shifokor va hamshiralari ishtirok etishdi.

  2016 yil 7 aprel kuni 1- sonli talabalar turar joyida «Falsafa va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining “Kafedra haftaligi” doirasida“O’sib kelayotgan yoshlarni tarbiyalashda oila roli” va ”Diniy ekstremizm fundamentalizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida kafedra mudiri M.Primov, dotsentlar: B.Djonbaqiyev, E.Rasulev, I.Qo‘ng‘irov, katta o‘qituvchilar: G.Abdullayeva, N.Parpiyeva, A.Abdullayev, A.Sultonova, A.Raxmanov, V.Igoshin, J.Abdullayev, o‘qituvchilar: X.Okyulov, T.Safarova, S.Umarov, K.Kushbakovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

  2016 yil 7 aprel kuni 2- sonli talabalar turar joyida “Sug‘urta” fakulteti «Falsafa va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining “Kafedra haftaligi” doirasida“O’sib kelayotgan yoshlarni tarbiyalashda oila roli” va ”Diniy ekstremizm fundamentalizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida kafedra mudiri M.Primov, dotsentlar: B.Djonbaqiyev, E.Rasulev, I.Qo‘ng‘irov, katta o‘qituvchilar: G.Abdullayeva, N.Parpiyeva, A.Abdullayev, A.Sultonova, A.Raxmanov, V.Igoshin, J.Abdullayev, o‘qituvchilar: X.Okyulov, T.Safarova, S.Umarov, K.Kushbakovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

  2016 yil 15 aprel kuni O’zsanoatqurilishbank Yunusobod tumani Falsafa va O’DJQNA kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Abdullayeva, S.To‘maris “Ona yurtimiz baxt iqboli – buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada O’zsanoatqurilishbanki xodimlari ishtirok etdi.

  2016 yil 25 aprel kuni “Yoshlar ijod saroyi” da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 martdagi 45-sonli majlis bayoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan“Barkamol avlod – kelajak poydevori”mavzusida respublika fotoko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirni ochilish marosimiga Toshkent moliya instituti “Sug‘urta”fakultetidan 15 nafar hamda O’zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining konsertiga “Moliyaviy menejment”fakultetidan 10 nafar talaba tashrifi uyushtirildi.

  2016 yil 26 aprel kuni Buxgalteriya hisobi kafedrasi tomonidan“Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash – ustuvor vazifamizdir”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova, TMI “Ibn Sino” salomatlik maskani rahbari U.Aglayeva, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi D.Akramova, Toshkent shahar “Salomatlik va tibbiy statistika” instituti uslubchi shifokori Sh.Siddiqova, Buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri v.b. A.Karimov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda hisob va audit fakulteti talabalari.

  2016 yil 18 may kuni institutning 1-ma’ruzalar zalida Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti, Baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi tomonidan “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  2016 yil 21 may kuni “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi tomonidan kafedra haftaliklari doirasida 1-conli talabalar turar joyida “Barkamol avlod – kelajagimiz poydevori”mavzusidagi ma’naviy-tarbiyaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, ahloqsizlik hamda tashqaridan kirib kelayotgan tuban “ommaviy madaniyat”ning turli illatlari, xavfi va zararli ta’sirlaridan himoya qilish haqidagi fikrlar bildirdilar.

  2016 yil 27 may kuni institut 1-ma’ruzalar zalida Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti “Budjet hisobi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Sog‘lom bola muhofazasi – kelajak poydevori” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani J.Karimqulov, tadbir mehmoni Respublika onkologiya markazi bolalar onkologiyasi mutaxassisi A.Shukrullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

  2016 yil 16 sentabr kuni Yangi hayot mahallasida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida” hamda“Oila mustahkamligi uchun mas’ulmiz”mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi targ‘ibotchisi Kamalova Adiba va Toshkent moliya instituti “O’zbek va rus tillari” kafedrasi o‘kituvchisi Mahkamova Shahnoza o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

  2016 yil 13 oktabr kuni institutning “Hisob va audit” fakulteti “Statistika” kafedrasi tomonidan 1-ma’ruzalar zalida “Sog‘lom onadan – sog‘lom farzand dunyoga keladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B.Begalov, “Intelektual oila barqaror rivojlanish poydevoridir” mavzusida iqtisod fanlari doktori, akademik S.S.G’ulomov, “Sog‘lom onadan – sog‘lom farzand dunyoga keladi” mavzusida tibbiyot fanlari doktori, professor P.X.Nazarov hamda “Hisob va audit” fakulteti dekani K.Karimova ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirda “Hisob va audit” fakulteti dekani K.Karimova, “Statistika” kafedrasi mudiri N.Rashitova hamda pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  2016 yil 19 oktabr kuni Moliya-iqtisod fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi“Oila psixologiyasi: Ota-ona, farzandlar va jamiyat, o‘zaro munosabatlar”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori i.f.d. D.Rasulova, oila ilmiy-amaliy markazi yetakchi ilmiy xodim F.Akramova kafedra o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb – hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda 2016-yil“Sog‘lom ona va bola”yili munosabati bilan 2016-yil 2-noyabr kuni soat 09:00 da o‘rta maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchi qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha tasdiqlangan Nizom asosida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada TMI qoshidagi akademik litseydan 6 nafar, TDShI qoshidagi akademik litseydan 6 nafar, TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyidan 6 nafar, Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejidan 6 nafar, Respublika rassomchilik kollejidan 6 nafar, Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejidan 6 nafar, Yunusobod Dizayn KHKdan 6 nafar, Yunusobod Mashinasozlik KHKdan 6 nafar, Yangiyo‘l qishloq kollejidan 6 nafar o‘quvchi qizlar, jami 54 o‘quvchi qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar Toshkent moliya instituti tomonidan ta’sis etilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Musobaqa natijalari: Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchlik kasb-hunar kolleji jamoasi 1-o‘rin, Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji jamoasi 2-o‘rin, Yunusobod Dizayn kasb-hunar kolleji jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

  2016 yil 15 noyabr kuni Toshkent moliya instituti 2-TTJda “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ijtimoiy hayotda yoshlarning faolligi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri A.Jurayev, kafedra o‘qituvchilari A.Amanov, S.Shirinov, M.Usmonov, G’.Safarov, X.Abduraxmonov, O.Shodiyev, M.Sobirov, J.Axmedov hamda 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
16.

  Oilalarning institut bilan tarbiyaviy maqsadlarda amaliy hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:

________________

  1. “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusidagi uchrashuvlarni tashkil etish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  2. Olimlar, mutaxassislar, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va namunali oilalar vakillarini jalb etgan holda uchrashuvlar uyushtirish;

  3. “Ota-onalar” kuni tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash.

Yil davomida

mart

Jadval asosida

 

 

may, sentabr

  Oilalarning institut bilan tarbiyaviy maqsadlarda amaliy hamkorigini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.

  2016 yil 5 may kuni Chinobod sanatoriyasida 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan“Ma’naviyat oiladan boshlanadi” shiori ostida tuman miqyosida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 40-60 yil davomida yonma – yon yashagan oilalar ishtirok etishdi. Tadbirda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Kuziyeva Nargiza Ramazanovna, Respublika ayollar muammolari bo‘yicha ekspert, huquqshunos, olima, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Toshpo‘latovna, O’zbekiston liberal demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Dilbar Yusupovna, “Shoh – produkt” MChJ rahbari hamda Toshkent moliya instituti talabalariTolmasbek Elmurodov va Feruza Rustamovalar ishtirok etishdi.

  2016 yil 6 may kuni O’zbekiston tarixi davlat muzeyida “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda urush qatnashchilari, harbiy qism askarlari, ta’lim muassasa o‘quvchilari qatnashdilar. Toshkent moliya instituti talabalari Umirzoqov Jasur va Maxkamova Diyoralar boshlovchilik qildilar.

  2016 yil 2 iyun kuni 3-sonli talabalar turar joyida Moliyaviy menejment fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan kafedra haftaligi rejasi asosida“Yigit va qizlar muomala madaniyatining o‘ziga xos jihatlari”mavzusida munozarali suhbat o‘tkazildi. Suhbatda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

  2016 yil 1 sentabr kuni Toshkent hayvonot bog‘ida Yunusobod tumani hokimligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi tuman bo‘limi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Madaniyat va sport ishlari tuman bo‘limi, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi” “Kamolot” YoIH tuman Kengashi, O’zXDP tuman Kengashi, O’zMTDP tuman Kengashi, O’zLiDeP tuman Kengashi, TDYuU, TMI, ToshPTI, TATU, tumanda joylashgan kasb-hunar kolleji va akademik litseylari, “Nogironlar” va “Ko‘zi ojizlar” jamiyati bilan hamkorlikda «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi va bayram dasturxoni yozildi.

  2016 yil 10 oktabr kuni 1-sonli TTJda“Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri D.Djumanov, X.Xakimov, D.Rasulova N.Xasanxonova, , B.Rustamov, X.Axmedov, Z.Toshmatovlar hamda TTJda yashovchi talabalar, xodimlar ishtirok etishdi

  2016 yilning 19 oktabr kuni Toshkent moliya instituti bosh o‘quv binosining 1-ma’ruzalar zalida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 27 yilligi munosabati bilan “O’zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan“Til – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusidagi ilmiy-adabiy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda institut rektori B.Begalov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i O’.Narbayev, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Xamroyev, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari F.Muxamedjanova, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yunusobod tumani Kengashi raisi T.Yunusdjonov, institut “Kamolot” YoIH raisi K.Maxmudov, “O’zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri N.Husanov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoiri Safar Olloyor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti f.f.n.dotsent. T.Matyoqubova, kafedra pedagog-xodimlari, Moliyaviy menejment, Kredit-iqtisod, Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari, Moliya-iqtisod fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

  2016 yil 19 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilganiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan “O’zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan Moliyaviy menejment fakultetida“Davlat tili-millat g‘ururi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “O’zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti D.Rasulmuhamedova, katta o‘qituvchilardan E.Mirzayeva, N.Diyorova, N.Dilmurodova hamda R.Xo‘jaqulovalar til, nutq va manaviyat masalalari haqida ma’ruzalar qilishdi. Tadbirda muhokama etilgan iqtisodiy til va nutqdagi yutuq hamda kamchiliklar haqidagi mulohazalar bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Davra suhbatida iqtidorli talabalarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lindi va barchada iliq taassurot qoldirdi.

  2016 yil 26 oktabr kuni soat 10:40 da Toshkent moliya institutining faollar zalida Chet tillar kafedrasi jamoasi O’zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Til – millat va ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida badiiy-adabiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B.Begalov, O’zbek milliy Akademik drama teatri aktrisasi, O’zbekiston xalq artisti G.Zokirova, O’zbek milliy Akademik drama teatri aktrisasi, O’zbekiston xalq artisti Z.Ashurova, “Shuhrat” medali sohibi B.Bobomurod, institut Xotin-qizlar Kengashi raisi R.Azimbayeva, “Chet tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Bozorova kafedra o‘qituvchilar Sug‘urta fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

  2016 yil 16 noyabr kuni soat 10:30da Toshkent moliya instituti Axborot-resurs markazida Kasbiy ta’lim kafedrasi tomonidan “Muomala madaniyati” mavzusiga bag‘ishlangan“Shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etishda psixologik bilimlarning ahamiyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B.Begalov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Fyu.Muxamedov, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri A.Omonov, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Shomurodov, pedagogika fanlari doktori, professor H.Omonov, kafedra professori S.Xasanov, hamda “Moliyaviy-menejment” fakultetini talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

Success helper
Success warning