![]() |
Umumiy ma’lumotlar |
![]() |
Kafedra mudiri: Ergashev Erkin Iroqovich Qabul vaqti: 900 – 1800 Telefon: (0 371) 234-70-46 E-mail: ergashevei@tfi.uz |
Kafedra tarixi |
2005-yilda Toshkent moliya institutining “Biznes va boshqaruv” sohasida kadrlar tayyorlash munosabati bilan “Makro” va “Mikroiqtisodiyot” kafedralari bazasida “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etilgan va uning Ustavi Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy uslubiy kengashning 2005-yil 14-fevraldagi 4-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan. 2011-yil 10-oktabrdagi 248-sonli TMI rektorining “Institut tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan kafedra “Biznes va tadbirkorlik” deb nomlandi. Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamizning iqtisodiyot va moliya tizimlari uchun o‘z sohasini mukammal o‘zlashtirgan faol iqtisodchilarni tayyorlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 17 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar va katta o‘qituvchi hamda assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedra xuzurida hozirgi kunda 2018-2019 o’quv yilidan boshlab 5232800- “Elektron tijorat” yunalishida talabalar qabul qilindi va hozirda taxsil olmoqdalar. |
Kafedraning ilmiy mavzusi |
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirishning ilmiy asoslari |
O‘quv-uslubiy ishlar |
Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:
Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar ichida o‘quv dasturlar, ma’ruza matnlari, seminar mashg‘ulotlari va talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, yozma ish variantlari va boshqa zarur materiallarni o‘zida jamlagan modul tizimiga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan. Mualliflar X.Xadjayev, I.Bakiyeva, Sh.Fayziyevlar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan o‘quv qo‘llanma, I.Bakiyeva tomonidan “Mikroiqtisodiyot” fanidan masalalar to‘plami, shuningdek “Mikroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, X.Xadjayev, Sh.Fayziyev, M.Jabbarovlar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan masalalar to‘plami, I.Bakiyeva va G.Nazarovalar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar chop qilingan.
|
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Kafedraning innovatsion faoliyati |
Bugungi kunda kafedra “Fedorovich dori-darmonlari”, “Bozor munosabatlari o‘quv markazi”, “Yog‘-moy hamkor” ko‘p tarmoqli xususiy korxonalar bilan innovatsion hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. |
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari |
Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan quyidagi ilmiy loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan: Kafedra pedagog-xodimlaridan E.Ergashev va I.Bakiyevalar fan texnologiyalar markazi tomonidan tashkil etilgan loyihalarda ishtirok etishmoqda. Bugungi knda kafedra pedagog-xodimlari tomonidan o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha modul tizimiga asoslangan elektron majmualar yaratilib, belgilangan muddatlarda institut saytiga joylashtirildi. 2017-2018 o‘quv yilida yilida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan 70 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar ilmiy jurnallar hamda ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Kafedra tomonidan “Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rolini oshirish – iqtisodiy o‘sish omilidir” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy maqola va tezislar to‘plami chop etildi. Xususan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etildi. Kafedra tomonidan ilmiy seminarlar tashkil etilib kelinmoqda. |
![]() |
![]() |
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari |
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan turli mavzularda suhbatlar o‘tkazilmoqda hamda turli ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar va ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Hozirda kafedraning 5 nafar pedagog-xodimi murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Jumladan, “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining majlislar zalida “Kafedra haftaliklari” doirasida “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasining tashabbusi bilan “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, Toshkent moliya institutining 1-sonli talabalar turar joyida kafedra tomonidan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, 2018-yilning 18-martida “Bahor – ilhom fasli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. |
![]() |
![]() |
Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi |
Hozirgi kunda kafedrada 2 ta professorlar, 6 ta fan nomzodi, dotsentlar, 6 ta katta o‘qituvchilar, 7 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqdalar. |
Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar |
8252300- Eliktron tijorat |
Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida) |
Bakalavriat: Ta’lim yo‘nalishlari: - 5230600 – Moliya; - 5230700 – Bank ishi; - 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish; - 5230900 –Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha); - 5231200 – Sug`urta ishi; - 5231300 – Pensiya ishi; - 5231500 – Baholash ishi; - 5232000 – Davlat budjetining g‘azna ijrosi; - 5232700 – Investitsion loyihalarni moliyalashtirish; - 5232800 - Elektron tijorat. |
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar |
№ | Foto surati | FISh | Ilmi darajasi va unvoni | |
1 | ![]() |
Ergashev Erkin Iroqovich
|
I.f.n., dots | ergashevei@tfi.uz |
2 | ![]() |
Bakiyeva Iroda Abdushukurovna | I.f.n., dots | bakiyeva@mail.ru |
3 | ![]() |
Umirov Abdisalom To’rayevich
|
I.f.n., dots | umirov@mail.ru |
4 | ![]() |
Nazarova Gulnoza Xosilovna
|
katta o`qituvchi | nazarova@mail.ru |
5 | ![]() |
Tursunova Muxtabar Mannobovna | katta o`qituvchi | tursunova@mail.ru |
6 | ![]() |
Xodjayev Xabibulla Sagdullayevich | katta o`qituvchi | xadjayev@mail.ru |
7 | ![]() |
Muxitdinova Muyassar Zayavuddinovna | katta o`qituvchi | mukhitdinova@mail.ru |
8 | ![]() |
Mirzayev Mirza Abdullayevich
|
katta o`qituvchi | mirzayev@mail.ru |
9 | ![]() |
Shermuxamedov Bekzod Usmonovich |
o`qituvchi | shermuxamedov@mail.ru |
10 | ![]() |
Fayziyev Shavkat Shaxobiddinovich | o`qituvchi | karshiyev@mail.ru |
11 | ![]() |
Begimova Dilshoda Komiljanovna | o`qituvchi | begimova@mail.ru |
12 | ![]() |
Tomereva Munisa | o`qituvchi | tomereva@mail.ru |
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar |
Manzil: 100000, Amir Temur shoh koʻchasi 60-a uy. Metroning “Minor” bekati. Tel: (99871) 235-76-22 E-mail: kbit@tfi.uz |