DIQQAT E’LON!!!
DIQQAT E’LON!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Toshkent moliya institutiga ikkinchi  va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun abiturientlar 2022 yilning 10 iyulidan 10 avgustiga (shu kuni ham) qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Toshkent moliya institutida ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha qabul sinovlari abiturientning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi asosida  “suhbat”  shaklida amalga oshiriladi.

Suhbat o‘tkazish muddati abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni tugagandan so‘ng e’lon qilinadi.

Toshkent moliya institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul kvotasi institutga 2022/2023 o‘quv yili bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli uchun o‘rnatilgan qabul kvotalaridan oshmagan holda belgilanadi.

 

 

MUROJATLAR UCHUN TASHKIL ETILGAN CALL MARKAZ TELEFON RAQAMLARI

+998 71-235-13-21

+998 71-234-02-79

+998 71-235-50-66

+998 71-234-01-91

 

Success helper
Success warning