Magistraturaga qo'shimcha kvota ajratildi

Magistraturaga qo'shimcha kvota ajratildi

Toshkent moliya instituti magistraturasiga topshirib, mutaxassislik fanidan 40 ball va undan yuqori to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qo‘shimcha qabul  bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
 

2021/2022 o‘quv ta‘lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni oliy ta‘lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari xususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibini hisobga olib, ballar ketma-ketligiga qat‘iy amal qilgan holda, ularning yozma arizalariga muvofiq miqdori oliy ta‘lim muassasasi tomonidan  mustaqil belgilanadigan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat berildi. 
 

Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti magistraturasiga topshirib mutaxassislik fanidan 40 ball va undan yuqori to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qo‘shimcha qabul  bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Qo‘shimcha qabul bo‘yicha talabgorlar arizalarini 2021-yil 12-noyabrga (shu kuni ham) qadar topshirishlari lozim.
 

Arizalar yuqorida ko‘rsatilgan muddatga qadar Toshkent moliya instituti, A-bino, 121-xonada qabul qilinadi. 
 

Murojaat uchun Qabul komissiyasining kotibining muovini J.Karimqulov hamda texnik xodim A.Shomirovlarga bo‘g‘lanish mumkin.
 

Murojaat uchun tel:  J.Karimqulov (93 384 05 61)

21:00 / 2021-11-09
Success helper
Success warning