“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH (4-MODUL) YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH (4-MODUL) YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

 

Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti v.b. Shodiyev Olimjon Abduraxmonovichning “Soliqlar va soliqqa tortish (4-modul) Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

 

Mazkur o‘quv qo‘llanmada Soliqlar va soliqqa tortish (4-modul) Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining mazmuni, predmeti va vazifalari, yuridik shaxslar tushunchasi va ularni soliqqa tortish tartibi, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning respublikamiz budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi hamda soliq organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid masalalar taqdimot ko‘rinishida keltirilgan.

 

O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, soliq organlari, moliya va bank xodimlari, buxgalterlar va ilmiy izlanuvchilarga mo‘ljallangan.

09:05 / 2023-12-20
Success helper
Success warning