“Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” nomli elektron darslik tayyorlandi
Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi prof. Amanov Akrаm Mirzaуevich, dotsent Sabirov Mirza Qilichbaevich tomonidan tayyorlangan oliy ta’lim muassasalarining 60410200-“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur elektron darslikda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar 11 ta mavzuga ajratilib o‘rganib chiqilgan. Ularda asosan yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar tarkibi o‘rganilgan, ya’ni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari o‘rganib chiqilgan. Shu bilan birga aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari ham me’yoriy hujjatlar asosida o‘rganib chiqilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalariga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.