“Soliqlar va soliqqa tortish” nomli elektron darslik tayyorlandi

“Soliqlar va soliqqa tortish” nomli elektron darslik tayyorlandi

 

Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professori Qiyosov Sherzod Uralovich va dotsenti Bazarov Furqat Odilovich tomonidan “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan tayyorlangan darslik oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

 

Mazkur elektron darslik 15 ta mavzuga ajratilgan. Ularda, asosan “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish, O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimiga umumiy tavsif, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq, ijtimoiy soliq va mahalliy yig‘imlar, elektron hisobot va uni jo‘natish tartibi o‘rganib chiqilgan.

Darslik oliy o‘quv yurtlarining “Soliqlar va soliqqa tortish” talabalariga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.

16:50 / 2024-01-12
Success helper
Success warning