“Sug‘urtada raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi

“Sug‘urtada raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti Mavrulova Nilufar Abduxalilovna tomonidan tayyorlangan “Sug‘urtada raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 70410601 - “Sug‘urta ishi” magistratura mutaxassisligida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

 

O‘quv qo‘llanma “Sug‘urtada raqamli texnologiyalar” fan dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda sug‘urtada internetning virtual imkoniyatlaridan foydalangan holda faoliyat yuritish jarayonlari va bosqichlari bayon etilgan. Shuningdek, ushbu qo‘llanmada sug‘urtada biznes jarayonlari, sug‘urta marketingida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, sug‘urta biznesining dasturiy ta’minoti, sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan yangi IT texnologiyalar, axborot risklarini sug‘urtalash, sug‘urta kompaniyalari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha xorij tajribasi keltirilgan hamda O‘zbekistonda sug‘urta biznesini avtomatlashtirishni rivojlantirish istiqbollari belgilangan. Ushbu qo‘llanma o‘quvchilarning sug‘urta kompaniyalari faoliyatida, jumladan, sug‘urta mahsulotlarini yaratish va uni sotishda, sug‘urta shartnomalarini yuritishda, mijozlardan bildirilgan da’volarni qondirishda hamda mamlakat aholisida sug‘urta savodxonligini shakllantirishda onlayn texnologiyalardan, uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo‘llarini o‘rganishiga yordam beradi.

12:20 / 2024-01-08
Success helper
Success warning