“Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Toshkent moliya  instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida 2023-yil 28-fevralda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan yoʻnalishlar:

1-shoʻba. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash: muammo va yechimlar;  

2-shoʻba. Bank-moliya tizimida xavfsizlikni taʼminlash va axborot muhofazasini yanada takomillashtirish;

3-shoʻba. Innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari;

4-shoʻba. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida agrar sohada transformatsiya jarayonlari: global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash.

Anjuman ishida mamlakatning vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, mustaqil izlanuvchilari va turli soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2023-yilning 15-fevraliga qadar quyida keltirilgan pochta orqali qabul qilinadi.
 

Taqdim etilayotgan anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi.

Anjuman komissiyasiga maqola va tezislar qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

Maqola va tezislar MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegl, satrlar oraligʻi 1,0 , sahifalar chapdan, oʻngdan, yuqoridan va pastdan 2 sm qoldirilgan holda, sarlavhasi esa quyidagicha shakllantirilishi kerak: birinchi qatorda, sahifaning oʻrtasida bosh va qalin xarflar bilan tezisning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, uchinchi qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni. 

Taqdim etilayotgan tezislar hajmi 3 betgacha, maqola esa 5 betgacha boʻlishi lozim. Anjuman materiallari oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjumanni tashkillashtirish va materiallar toʻplamini nashr qilish xarajatlari uchun tezis va maqolalarning har sahifasi uchun 30 ming soʻm miqdordagi badal belgilangan.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan ekspertizadan oʻtgan va tanlab olingan tezis hamda maqolalar OʻzR OAK jurnallarida yoki xorijiy jurnallarda (Scopus va Web of Science) chop etishga tavsiya etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi, 60-A uy.

Anjuman oʻtkazish uchun masʼul: “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi.

Telefon raqam: +99897 462 25 84 (M.Umarova)

E-mail: malika.umarova.2584@gmail.com

 

Axborot xati

11:00 / 2023-01-13
Success helper
Success warning