Biznes boshqaruvida moliyaning oʻrni
19-aprel kuni “Biznes boshqaruvida moliyaning oʻrni” mavzusida Iqtisodiyot kafedrasi va “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi hamkorligida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Unda Markaziy Osiyoning birinchi raqamli oʻyinchoq ishlab chiqaruvchisi, “Oʻyinchoq qiroli” Anvar Abduqayum talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Mazkur seminar-trening davomida hozirgi kunda Toybola Toys, Puro Gelateria, Afiyet Doner Kebab, Visage Electric, IT Support & Service, Samtech Masterbatches kabi brendlar muvaffaqiyati siri va moliyaviy ko’rsatkichlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Talabalar uchun bu yo'nalishdagi zarur maslahatlar va ko'nikmalar tushuntirildi.
Seminar-treningda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.