Ikki avlod uchrashuv

Ikki avlod uchrashuv

2022-yilning 6-avgust kuni Toshkent moliya instituti Obi-hayot binosi anjumanlar zalida 2008-2012 o‘quv yillarida Toshkent moliya institutida tahsil olgan bitiruvchilar bilan “Ikki avlod uchrashuvi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.





Tadbirda Toshkent moliya instituti faxriy professori (institutning oldingi Kasbiy ta’lim fakulteti dekani) Fatxulla Karimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. O‘ktam Narbayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut ilmiy-adabiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod, instituti Talabalarini turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i Umurzak Radjabov, Xodimlar bo'limi boshlig‘i Lobarxon Xaydarova, Soliqlar va sug‘urta fakulteti dekani Laziz Zoyirov, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri (institutning oldingi Kasbiy ta’lim fakulteti dekan muovini) Xurshid Asatullayev, institut professor-o‘qituvchilari va 2008-2012 o‘quv yillarida institutida tahsil olgan sobiq bitiruvchilar ishtirok etishdi.



Uchrashuvda hayoti yoʻli va faoliyati davomida erishgan yutuqlari, mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga beqiyos ta’siri, qadr-qimmati, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar, avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligi haqida so‘z bordi.





Tadbir so‘ngida, faxriy ustozlar  Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashash, uning rivojiga munosib hissa qoʻshish, asrab-avaylash, kelajakda barchaga oʻrnak boʻladigan umr yoʻliga ega boʻlish borasida oʻzlarining tavsiyalarini, maslahatlarini berdilar.









“Ikki avlod uchrashuvi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir sobiq bitiruvchilar bilan ochiq va samimiy muhitda tashkil etildi.

15:13 / 2022-08-10
Success helper
Success warning