Toshkent moliya instituti pedagogi dunyoning top-100lik universitetida maʼruza olib bordi
Bugungi kunda Toshkent moliya institutida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy taʼlim jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar natijasi o‘laroq, ko‘pgina pedagog xodimlar xorijda ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro taʼlim jarayonlari bilan bevosita tanishish, taʼlim standartlarini tadqiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Xususan, joriy yilning 4-iyulidan 1-avgustiga qadar institutning «Statistika va ekonometrika» kafedrasi mudiri, PhD B.Utanov dunyo reytingida 50 hamda Germaniya Federativ respublikasida 1-o‘rinda turuvchi Myunxen Texnologiya Universitetida ilmiy stajirovka o‘tadi.
Stajirovka davomida mazkur Universitetda «Qishloq xo‘jaligida mahsuloti ishlab chiqarishini ekonometrik modellashtirish» mavzusida maʼruza olib bordi.