UNICON.UZ hamkorligida seminar-trening

UNICON.UZ hamkorligida seminar-trening

Toshkent moliya institutida ijro intizomi yagona elektron tizimini joriy etish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

 

Joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent moliya institutida “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ishtirokida ijro.gov.uz idoralararo yagona elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar treningda mutaxassislar tomonidan tizimdan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollarga batafsil amaliy ko‘rsatmalar bilan tushuntirish berildi.

 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Toshkent moliya institutining 70 ga yaqin mas’ul xodimlari ushbu tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, ushbu tizimga institut bilan uning tasarrufidagi Moliya akademik litseyi, institutga biriktirilgan hududlardagi Oltinko‘l iqtisodiyot, Angor iqtisodiyot va tadbirkorlik hamda Marg‘ilon bank-moliya texnikumlari ham mazkur tizimda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Institut bilan ular o‘rtasida ham ijro hujjatlari aylanishi ushbu tizim orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

 

17:57 / 2021-04-05
Success helper
Success warning