“Adabiyot xalqning yuragi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi

“Adabiyot xalqning yuragi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor xotirasiga bagʻishlangan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvlarda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, institutda tashkil etilgan Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov va Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 40 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

 

 

Tadbirda so'zga chiqqanlar, atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi haqida talaba-yoshlarga qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

 

 

Moliya fakulteti talaba-yoshlari tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan spektakl tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

 

 

Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari va “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

 

 

 

 

Mazkur tadbir so‘ng barcha ishtirokchilar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlab tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham ishtirok etishdi.

 

 

17:21 / 2022-09-14
Success helper
Success warning