“Talaba -yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda adabiyot va sanʼatning o‘rni” mavzusida madaniy-musiqiy tadbir

“Talaba -yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda adabiyot va sanʼatning o‘rni” mavzusida madaniy-musiqiy tadbir


2022-yilning 2-dekabr kuni ”Prezidentning 5 muhim tashabbusi“ doirasida “Talaba -yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda adabiyot va sanʼatning o‘rni” mavzusida madaniy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.



 

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, professor-o‘qituvchilari, xushovoz xonanda Kumush hamda TMI-PDU qo'shma fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.










 

Kutilganidek, tadbir ijodiy fikrlar hamda badiiy chiqishlar maydoniga aylandi. Darvoqe, badiiy shuurimiz, tafakkurimiz boyishida, ko‘ngil kechinmalarimizni ifodalashimizda sanʼatning o‘rni, adabiyotning hissasi katta. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ham talabalarning maʼnaviy yuksalishida adabiyot va sanʼatning o‘rni naqadar katta va muhim ekanligini taʼkidlab o‘tishdi.

 

Tadbir ishtirokchilari shoir Bobur Bobomurodning sheʼrlari, kuy-qo‘shiq, raqslar bilan yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tganligini eʼtirof etishdi.

 

22:50 / 2022-12-03
Success helper
Success warning