Oltinko‘l iqtisodiyot texnikumiga amaliy tashrif

Oltinko‘l iqtisodiyot texnikumiga amaliy tashrif

Bugun, 24 iyun kuni Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev hamda Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Sindarov institut huzuridagi texnikumlar faoliyatini, shart-sharoitlarini o‘rganish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi



Amaliy tashrif davomida rektor T.Teshabayev Andijon viloyat hokimi Sh. K.Abdurhamonov bilan uchrashib, kelgusida texnikum faoliyatini yanada kengaytirish, takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr mulohazalar almashildi, istiqboldagi ishlar bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.



Tashrif davomida rektor T.Teshabayev viloyatda joylashgan Oltinko‘l iqtisodiyot texnikumi faoliyati, ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi, texnikum axborot resurs markazini ko‘zdan kechirdi.







Shuningdek, rektor texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashib, ular bilan fikr almashdi.





Ta’kidlash joizki, texnikumda bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning qo‘shimcha ilm olishlari uchun turli o‘quv kurslari tashkil etildi. Ana shunday o‘quv kurslaridan biri ingliz tili to‘garagidir.





Muloqot chog‘ida yoshlar yaratilgan bu kabi imkoniyatdan mamnun ekanliklarini aytish bilan birga, ta’til paytlar ular vaqtlarining ko‘p qismini behuda o‘tkazishlarini, endi esa yaratilgan imkoniyatdan unimli foydalanib, nafaqat bilim, balki atrof hududlardan kelayotgan yosh-tengqurlaridan yangi do‘stlar orttirayotganliklarini mamnuniyat bilan so‘zlab berishdi.
 

22:21 / 2022-06-24
Success helper
Success warning