“Fan, taʻlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” doirasida master-klass darslari tashkil etildi
2022-yil 27-dekabr kuni Bank ishi fakultetida fakultet tasarrufidagi mutaxassislik kafedralari professor-oʻqituvchilarning amaliy bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Fan, taʻlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” doirasida master-klass darslari tashkil etildi.
Master-klass darslari “Turonbank” ATB Risk departamenti direktori Ishniyazov Otabek Baxodirovich va Moliya bozoridagi operatsiyalar departamenti direktori Qutbiddinov Isomiddin Zoxriddin oʻgʻli tomonidan olib borildi.
Master-klass darslari professor-oʻqituvchilarning qiziqtirgan savolari doirasida mazmunli va qiziqarli boʻldi.