21-oktabr–Oʻzbek tili bayrami kuni!

21-oktabr–Oʻzbek tili bayrami kuni!

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

 

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.

 

 “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

 

Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti qoʻshma fakultetining professor-oʻqituvchilari, 4–bosqich talabalari ishtirokida poytaxtimizning soʻlim maskani – Adiblar xiyobonida bayramona tadbir tashkil etildi.

 

 

Mazkur adabiy kecha avvalida turkiy adabiyot dunyosida oʻzining bitmas-tugamas badiiy merosi bilan katta iz qoldirgan, tom maʼnoda oʻzbek tili shakllanishida ulkan hissasini qoʻshgan buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir, turkiy tildagi ilk “Xamsa” muallifi Mir Alisher Navoiyning xotirasi yod etildi.

 

 

 

Tadbir davomida oʻzbek tilining tarixi, uning oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilindi, qiziqarli faktlar berildi.

19:35 / 2022-10-21
Success helper
Success warning