Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun, 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida Toshkent moliya instituti tomonidan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

 

Tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi L.Mingishov, institut Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor K.Karimova, Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi boshligʻi Oʻ.Narbayev, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, institut ilmiy-abadiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi  shoir Zikrilla Neʼmat, institutda tashkil etilgan Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov hamda institut professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

Tadbirda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʻtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʻana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash,  ona tiliga eʻtiborni, mehr-muhabbatni kuchaytirish, tilimizni mukammal bilishga, milliy oʻzlikni anglashga, qadriyatlarni eʻzozlashga oʻrgatish,  ona tili millat maʻnaviyatining koʻzgusi ekanligi eʻtirof etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari tomonidan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan spektakl tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shundan soʻng “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Adiblar xiyobonida tashkil etilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

 

 

19:04 / 2022-10-21
Success helper
Success warning