“Talabalar ligasi” sport musobaqalari institut bosqichi sarhisob qilindi, g‘oliblar aniqlandi

“Talabalar ligasi” sport musobaqalari institut bosqichi sarhisob qilindi, g‘oliblar aniqlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115 son qarori, Prezident rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Prezidentning “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ-150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari yuqori saviya va kayfiyatda tashkil etildi.


 

Joriy yilning 18-dekabr kuni mazkur sport musobaqalarining institut bosqichining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, mashhur sport ustalari, elimiz suygan san’atkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.










 

Institutning “Yoshlar bilan ishlash, madaniyat va ma’rifat” boshqarmasi, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur oliygoh bosqichida jami 144 ta musobaqa o‘tkazildi. Unda 15372 nafar talaba faol ishtirok etdi. Talabalarni sportga jalb qilish, ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ushbu liganing o‘rni katta ahamiyatga ega bo‘ldi.















 

Sentyabr-dekabr oyida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari institut bosqichi natijalariga ko‘ra, umumiy hisobda:

 






 

3-o‘rinni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti jamoasi;

2-o‘rinni “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi;

1-o‘rinni “Moliya” fakulteti jamoasi egalladi.




 

Shaxmat sport turi bo‘yicha yigitlar orasida:

 

I o‘rin - Qurbonov Abdulaziz MMT-10 guruh talabasi;

II o‘rin - Yuldashev Mexriddin MST-70 guruh talabasi;

III o‘rin - Tashniyozov Nodir SSFT-10 guruh talabasi

 

Qizlar orasida:

I o‘rin - Akramova Aziza IM-70 guruh talabasi;

II o‘rin - Xurramova Dildora BNG-62 guruh talabasi;

III o‘rin - Jalilova Gulruh ST-20 guruh talabasi.
 

 

Stol tennis sport turi bo‘yicha yigitlar orasida:

I o‘rin - Otamurodov Otabek MMT-71guruh talabasi;

II o‘rin - Toirov Abdug‘affor SBA-73guruh talabasi;

III o‘rin - Zaripov Nozim XBA-91-I guruh talabasi.




 

Qizlar orasida:

I o‘rin - Mirzayeva Gavhar MST-71guruh talabasi;

II o‘rin - Abduraximova Dilnoza ST-71guruh talabasi;

III o‘rinni - Umirzaqova Aziza BBI-90 guruh talabasi.



 

Voleybol sport turi bo‘yicha qizlar jamoalari orasida:

 

I o‘rin - “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti jamoasi;

II o‘rin - “Bank ishi” fakulteti jamoasi;

III o‘rin - “Magistratura va kechki ta’lim” fakulteti terma jamoasi.

 

 

Voleybol sport turi bo‘yicha yigitlar jamoalari orasida:

I o‘rin - “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi;

II o‘rin - “Sirtqi ta’lim” fakulteti jamoasi;

III o‘rin - “Moliya” fakulteti terma jamoasi.


 

Basketbol sport turi bo‘yicha jamoalari orasida:

I o‘rin - “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi;

II o‘rin - “Moliya” fakulteti jamoasi;

III o‘rin - “Qo‘shma” fakulteti terma jamoasi.





 

Futbol sport turi bo‘yicha yigitlar jamoalari orasida:

I o‘rin - “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti jamoasi;

II o‘rin - “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti jamoasi;

III o‘rin -“Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti terma jamoasi.

























 

17:58 / 2023-12-18
Success helper
Success warning