Processes of acquaintance of TIF students with the life of the institute

Processes of acquaintance of TIF students with the life of the institute

As you know, the introductory week for first-year students recommended for students from the 2021/2022 academic year started on September 6 this year. In particular, at the Tashkent Institute of Finance, such introductory practices were carried out at each faculty. During the introductory week, students were introduced to the content of the credit-module system, the order of its implementation in the educational process, the internal procedures of the higher education institution, all the procedures related to the life of the institute and other necessary information. On September 8, first-year students of the Tashkent Institute of Finance’s "Budget Accounting and Treasury" faculty were introduced to the institute with the participation of the dean of the faculty R.Saidov, deputy dean B.Izbosarov and active students of the faculty. During the presentation, students visited the Digital Finance Incubation and Acceleration Center, the Action Strategy Room, the Institute Information and Resource Center (IRC) and its library, international library, reading rooms, departments, divisions and sports complex. Highly qualified specialists of the institute provided students with basic information on these departments and rooms.

 

 

 

 

 

 

 

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETIDA TANISHTIRUV TADBIRLARI

 

“Buxgalteriya hisobi va audit”  fakultetining 2021-2022 o‘quv yilida birinchi kursga qabul qilingan talabalarga institutda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, ularni o‘z kasbiga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda bo‘lajak kasbi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida fakultetning “Birinchi kurs maktabi dasturi”, shuningdek, birinchi bosqich talabalari bilan ishlash rejasi tayyorlangan.

 

Fakultetning mazkur reja va dasturiga muvofiq, 2021-yil 8-sentabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetida birinchi kurs talabalari ishtirokida tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.

 

 

 

 

IQTISODIYOT FAKULTETIDA BIRINCHI KURS TALABALARI UCHUN TANISHTIRUV TADBIRLARI

 

Tanishtiruv Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Zokir Xonqulovich Bozorov tomonidan olib borildi. Talabalar institut hududidagi binolar va u yerda joylashgan axborot resurs markazlari, xorijiy kutubxona, Xalqaro hamkorlik bo'limi, ma'ruzalar zali, o'quv zallari, kafedralar hamda Oliy o'quv yurtlararo sport majmuasi bilan tanishdilar.

 

 

 

 “Bank ishi” fakultetida “Tanishtiruv haftaligi (Orientation week)" tadbiri

 

8-sentabr kuni Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakultetida “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida fakultet dekani Uygʻun Ortiqov, dekan oʻrinbosari Saitmurod Djumanov, fakultet yoshlar bilan ishlash yetakchisi 3-kurs talabasi Abrorjon Ibrohimov hamda fakultet faol talabalari (yuqori bosqich) 1-bosqichga talabalikka tavsiya etilgan talabalarni institut faoliyati, yaratilgan sharoitlar, taʼlim tizimi, institut rahbariyati va tarkibiy boʻlinmalar joylashgan xonalar bilan tanishtirdilar.

 

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, imtiyozlar, yaratilgan shart-sharoitlar va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtirildi.

 

 

"MOLIYA" FAKULTETIDA TANISHTIRUV TADBIRLARI

 

“Moliya” fakulteti 1-kurs talabalariga “Orientation week” doirasida 2021-2022 oʻquv yilida qabul qilingan talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashi uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, ularni oʻz kasbiga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda boʻlajak mutaxassisligi toʻgʻrisida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida 2021 yil 9 sentabr kuni birinchi kurs talabalari ishtirokida tanishtiruv tadbirlari oʻtkazildi.

 

Tanishtiruv Moliya fakulteti rahbariyati tomonidan olib borildi. Talabalar institut axborot resurs markazlari, xorijiy kutubxona, Xalqaro hamkorlik boʻlimi, akseleratsiya va inkubatsiya markazi, institut maʼruzalar zallari, oʻquv zallari, kafedralar hamda Oliy oʻquv yurtlar aro sport majmuasi bilan tanishdilar.

 

 

“Soliqlar va sug'urta” fakultetining  birinchi bosqich talabalariga “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida tanishtiruv tadbirlari

 

8-sentabr kuni Toshkent moliya instituti “Soliqlar va sug'urta” fakultetining  birinchi bosqich talabalariga “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida fakultetning faol talabalari ishtirokida institut bilan tanishtiruv tadbirlari uyushtirildi.

 

Mazkur tanishtiruv tadbirlari davomida talabalar “Digital finance inkubatsiya va akseleratsiya markazi”, “Harakatlar strategiyasi” xonasi, institut axborot-resusrs markazi (ARM) hamda uning tarkibidagi kutubxona, xalqaro kutubxona, o’quv zallari, kafedralar, bo`limlar hamda sport majmuasi bilan tanishishdi. Institutdagi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan mazkur bo’limlar, xonalar bo’yicha talabalarga boshlang’ich ma’lumotlar berildi.

 

 

 

TMI matbuot xizmati

12:36 / 2021-09-15
Success helper
Success warning