Institut dotsenti “Turk dunyosi integratsiyasida hamkorlikni kengaytirish loyihasi” doirasida Egey universitetida malaka oshirmoqda
Joriy yilning 1-iyun kuni Turkiya Respublikasining Izmir shahridagi Egey universitetida “Turk dunyosi integratsiyasida hamkorlikni kengaytirish loyihasi” (TDEABP 2021-2025) doirasida 21 taʼlim dasturiga start berildi.
Mazkur taʼlim dasturida institut “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent Yunusova Nilufar Xamrayevna ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, mamlakatimizning 10ta oliy taʼlim muassasalaridan 40dan ortiq professor-oʻqituvchilar ushbu loyiha doirasida malakasini oshirmoqda.
Taʼkidlash joizki, loyiha turkiy davlatlarning taʼlimning barcha yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma harakatchanligini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda hamda dastur yangi avlod pedagoglarini tayyorlashga qaratilgan. Loyiha Izmirning Ege universiteti va IKSAD (Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti) loyiha boʻlimi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan boʻlib, oliy oʻquv yurtlari tomonidan taʼlim, fan va madaniyat sohasida qardosh xalqlarni birlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
P.f.n., dotsent N.X.Yunusova Egey universitet rektori prof., dr. Mehmet Ersan va Ege universiteti prorektori prof., dr. Mehmet Yerjan, IKSAD Bosh kotibi – Qaldigul Adilbekova, Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti – İKSAD Taʼlim loyihalari rahbari Adilhan Shorabek, shuningdek, Ege universiteti xalqaro hamkorlik xodimlari tomonidan loyiha doirasidagi tadbirlar saviyada tashkil etilganini taʼkidlab oʻtdi.
Maʼlumot uchun: Egey universiteti jahon universitetlarining akademik 1000talik reytingida 913 oʻrinni egallab turibdi.