Fan-taʼlim-ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lida

Fan-taʼlim-ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi  PQ-307-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlangan.

 

Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan 11 ta ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Pardayev Abdunabi Xoliqovich, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasi boshlig‘i Mavlanov Normo‘min Normamatovich va “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi bosh mutaxassisi Xaitov Azizbek Akmal o‘g‘li 2022-yil 28-29-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy texnikaviy anjumanda faol ishtirok etmoqda.

 

 

 

 

Institut jamoasi anjuman doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tarmog‘idagi korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy ahvolini baholashning skoring modeli taqdimoti bilan «Neft va gaz sohasida raqamlashtirish tizimini takomillashtirish" deb nomlangan 4-seksiyada ishtirok etdi.

 

 

 

 

Ushbu skoring modeli taqdimoti ishtirokchilar tomonidan juda katta qiziqish bilan kuzatildi va loyiha bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi.

18:33 / 2022-10-28
Success helper
Success warning