Toshkent moliya institutiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Toshkent moliya institutiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022 oʻquv yilini boshlash toʻgʻrisida”gi 366-sonli hamda Toshkent moliya instituti rektorining
2021-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yiI 26-avgustdagi 366-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 318-sonli buyruqlariga asosan, Toshkent moliya institutida yangi 2021/2022 oʻquv yilini joriy yilning 6-sentyabridan anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanishi belgilangan. Bu haqida institut Oʻquv-uslubiy boshqarmasi maʼlum qilmoqda.

 

Buyruqqa koʻra, talabalikka tavsiya etilganlar shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlagunga qadar farmoyish asosida oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishlariga ruxsat beriladi.

 

  • 1-kursga talabalikka qabul qilingan talabalarni 2021-yil 6-sentyabr kuni soat 8:30dan kechikmasdan oʻzlari tahsil oladigan fakultet dekanatiga kelishlarini soʻraymiz. 
  • 1-kurs talabalari uchun dastlabki ikki hafta kredit-modul tizimiga kirish haftasi boʻlib, dars jadvaliga muvofiq sinov darslari qoʻyilgan. 
  • Shuningdek, shu ikki hafta davomida 1-kurs maktabi tadbirlari tashkil etilib:
  • dastlabki kun oʻquv mashgʻulotlari “Mustaqillik darslari” bilan boshlanadi;
  • talabalarning institut rahbariyati bilan uchrashuvlari tashkil etiladi;
  • talabalar institutning turli boʻlinmalari, axborot-resurs markazi, sport majmuasi, institut kafedralari bilan tanishtiriladi;
  • “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha seminarlar tashkil etiladi;
  • talabalar oʻrtasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.

 

Talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarimizni institut rahbariyati nomidan yana bir bor tabriklaymiz.

 

TMI matbuot xizmati

12:23 / 2021-09-04
Success helper
Success warning