"Yangi O‘zbekistonda – Yangi tahrirdagi konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

"Yangi O‘zbekistonda – Yangi tahrirdagi konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-mart kuni oliygoh tyutorlari va talaba-yoshlari uchun institutning huquqiy sohada yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari tomonidan “Yangi O‘zbekistonda – Yangi tahrirdagi konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur davra suhbatida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori N.Oblomurodov so‘zga chiqib, o‘z nutqida yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala ekanligi hamda adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamligini aytib o‘tdi.

 

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini his ettirish hamda siyosiy savodxonlik darajasini yana-da oshirishga qaratilgan.

21:03 / 2023-04-10
Success helper
Success warning