Yaxshi dam – mehnatga hamdam

Yaxshi dam – mehnatga hamdam

Bugungi kunda Toshkent moliya instituti mamlakatimizdagi eng ilgʻor oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin olgan. Buni birgina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikamizdagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingida institut egallab turgan yuqori oʻrinlar orqali ham anglashimiz mumkin.

 

Albatta, mazkur ulkan natijalar zamirida institutda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning, ishchi-xodimlarning mehnatlari yotadi. Shu munosabat bilan, joriy yilning 4-6-noyabr kunlari institutimizda mehnat qilayotgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarning yuqori reyting koʻrsatkichlarga erishilishidagi mehnatlarini munosib taqdirlash, ularning dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishlariga sharoit yaratish hamda shu orqali ularning mehnatga boʻlgan munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish maqsadida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Livingstone” dam olish maskanida 120 nafar pedagog-xodim ishtirokidagi jamoaviy sayohat va dam olish tadbirlari tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Taʼkidlash joizki, jamoaviy dam olish mehnat jamoalari uchun nafaqat birgalikda maroqli vaqt oʻtkazish, balki xodimlarni ragʻbatlantirish va birlashtirishning samarali vositasidir.

 

 

Pedagog xodimlar ishtirokidagi dam olish tadbirlari, turli sport oʻyinlari, togʻ yon-bagʻirlariga sayohat, kuy-qoʻshiq va raqslar bilan yanada saviyali va unutilmas onlarga boy tarzda oʻtdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻylaymizki, bu kabi jamoaviy tadbirlar institut pedagog-xodimlarining yanada yuqori kayfiyatda faoliyat yuritishlari, oliygoh rivoji uchun bor kuch-gʻayratlarini ayamasdan safarbar etishlari uchun alohida ruh bagʻishlaydi.

14:07 / 2022-11-07
Success helper
Success warning