Yoshlar - Yangi Oʻzbekiston bunyodkori

Yoshlar - Yangi Oʻzbekiston bunyodkori

Joriy yilning 12-may kuni OʻzLiDeP Toshkent shahar  Kengashi va Yunusobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent moliya instituti  majlislar zalida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida  Yoshlar - Yangi Oʻzbekiston bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi Siyosiy taʼlim markazi rahbari, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari, OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari, institut professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

 

Mazkur loyihadan koʻzlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish hamda yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, mustahkam vatanparvarlik gʻoyasini shakllantirish, siyosiy faolligini oshirish.

 

 

 

Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik oʻrtasidagi obroʻsi xususida keng va batafsil oʻrganishga harakat qilindi. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan toʻldirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Soʻzga chiqgan maʼruzachilar quyidagilarga alohida toʻxtalib oʻtishdi: Jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari!” shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali va tizimli tashkil etish, yoshlarni iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarishda keng sharoitlar yaratish, siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, yaxshi kadrlarni yetishtirib chiqarish va ularni qoʻllab-quvvatlash, hayotda munosib oʻrin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish.

 

 

 

Yangi Oʻzbekiston yoshlari ana shunday yuksak darajalarga koʻtarilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Yoshlar bizning Kelajagimiz deb bejiz aytilmagan. Yoshlarga eʼtibor- Kelajakka eʼtibordir. Xozirgi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etmoqchi ekanmiz, yoshlarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, barkamol etib yetishishlari uchun xarakat qilinyapti. Yoshlarni siyosiy, xuquqiy, maʼnaviy, iqtisodiy bilimlarini oshirish maqsadga muvoffiqdir.

 

 

Tadbir savol-javoblar tarzida qizgʻin oʻtdi. Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland boʻlgan 20 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

 

17:01 / 2022-05-12
Success helper
Success warning