Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi

Bugun, 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyoboni majmuasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. O‘.Narbayev, Toshkent moliya instituti Ilmiy-adabiy maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,  shoir Bobur Bobomurod, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i U.Radjabov, “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, dotsent N.Yunusova, professor N.Husanov, institut professor o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.







Tadbirda so'zga chiqqanlar g'azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari va u zotning nafaqat turkiy, balki butun dunyo adabiyotidagi katta o'rni haqida alohida to'xtalib o'tishdi.

Shundan so'ng Adiblar xiyobonida joylashgan Alisher Navoiy haykali yonida mutafakkir xotirasi yod etildi va buyuk bobokalonimizga alohida ehtirom ko'rsatildi.










 

18:41 / 2022-02-09
Success helper
Success warning