ROSTOV DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA RIVOJLANTIRILADI

ROSTOV DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA RIVOJLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari munosabati bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuvlar davom etmoqda.
 

Mana shunday muloqotlardan yana biri Rossiya Federatsiyaning Rostov davlat iqtisodiyot universiteti prezidenti, professor Adam Albekov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan o‘tkazildi.
 

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti rektori professor T.Teshabayev  ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv va ilmiy-tadqiqotlar faoliyatlarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar tajriba almashinuvlarini tashkil etish, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarning moliya-iqtisod sohasidagi bilimlarini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlar bilan muloqot olib bordi.


 

Muloqotlarda ishtirok etgan Rostov Don jamoat palatasi raisi o‘rinbosari Boris Gokjaev Toshkent moliya institutining kelgusidagi faoliyatiga ulkan omad va zafarlar tiladi.




 

Xorijiy delegatsiya vakillari uchrashuvda o‘tkazilgan Preztident saylovlarining demokratik ruhda o‘tkazilgangini alohida ta’kidlab, kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishda o‘zining hissasini qo‘shgan institut jamoasiga ham minnatdorchilik bildirishdi.  


 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama akademik hamkorlik shartnomasi imzolandi.







 

20:41 / 2021-10-26
Success helper
Success warning