Startap loyiha muhokamasi

Startap loyiha muhokamasi

Joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent moliya institutining "Digital Finance" inkubatsiya va akseleratsiya markazida priceme.uz - elektron baholash platformasi startap loyihasini muhokamasi bo'lib o'tdi.  

Loyiha muhokamasida institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Mavlanov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig‘i G.Xoliqulova, "Digital Finance" inkubatsiya va akseleratsiya markazi boshlig'i N.Qasimova, markaz bosh mutaxassisi A.Xaitov hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdilar.











Mazkur startap loyiha baholash kompaniyalari uchun yagona onlayn interaktiv xizmatlar jamlangan platforma hisoblanadi. Uchrashuv davomida loyihaning istiqboldagi qilinishi kerak bo'lgan ishlari, uni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama etildi hamda tashabbuskorlarga bu kabi loyihalarni institut doimo qo'llab-quvvatlashi, shuningdek, startap loyihani rivojlantirish uchun kerakli imkoniyatlar yaratilishi ta'kidlab o'tildi.


20:00 / 2022-01-24
Success helper
Success warning