“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi” mavzusida master-klass tashkil etildi

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi” mavzusida master-klass tashkil etildi

 

Joriy yilning 27-dekabr kuni “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi” mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari O.Bolgayev hamda A.Abdullayevlar ishtirok etdi.

 

Ushbu master-klassda Markaziy bankining Jahon banki guruhi, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro aloqalari va ushbu xalqaro moliya institutlari tomonidan kredit liniyalari orqali resurslarni jalb etish holati hamda ulardan foydalanish amaliyoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

16:25 / 2023-12-27
Success helper
Success warning