Baholash kompaniyalariga yangi startap loyihaning taqdimoti o'tkazildi
Joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Priceme.uz-baholash kompaniyalari uchun yagona interaktiv portal” startap ishlanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov, Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Mavlanov va 20 dan ortiq baholash kompaniyalari xodimlari ishtirok etishdi.
Taqdimot savol-javoblarga boy yuqori saviyada tashkil etildi. Taqdimotda qatnashchilari ushbu startap ishlanma baholash kompaniyalarida xizmat sifatini oshirishga, baholatuvchilarning ortiqcha ovoragarchiliklarini oldini olishga, ortiqcha vaqt sarflanmaslikka va korrupsion holatlarga barham berishga xizmat qilishini taʼkidladilar.