Talabamiz xalqaro olimpiada gʻolibasi!
Joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Sochi shahridagi Sirius federal markazida Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha birinchi xalqaro olimpiada boʻlib oʻtdi.
Quvonarlisi Toshkent moliya instituti magistratura talabasi Tojiboyeva Nilufar Baxodirjon qizi olimpiadada munosib qatnashib “Iqtisodiyot, moliya va kredit, iqtisodiy xavfsizlik” yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻldi va II-darajali diplom sohibasiga aylandi.
Bugun, 13-sentyabr kuni xalqaro olimpiada gʻolibasi Tojiboyeva Nilufar Baxodirjon qizini erishgan ulkan yutugʻi bilan munosib taqdirlash maqsadida institut rektori T.Teshabayev, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Yuqori natija qayd etgan talabamizga 5 mln. soʻm miqdorida ragʻbatlantirish puli, smartfon berildi. Ushbu mukofotni institut jamoasi nomidan rektor T.Teshabayev topshirdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, may-iyun oylarida boʻlib oʻtgan mazkur olimpiadaning saralash bosqichida Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan 31 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Natijada 500 kishi 3-9-oktyabr kunlari Sochida boʻlib oʻtadigan finalga yoʻllanma olishdi. Yetti kun davomida 500 nafar ishtirokchi moliyaviy xavfsizlik boʻyicha bellashdilar va bir qator tematik tadbirlarda qatnashdilar.
TMI matbuot xizmati