Toshkent moliya institutiga  Polotsk davlat universiteti rektori tashrifi

Toshkent moliya institutiga  Polotsk davlat universiteti rektori tashrifi

Joriy yilning 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutiga Polotsk davlat universiteti rektori Oleg Aleksandrovich Romanov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Golubev Yuriy Petrovich tashrif buyurdi. 
 

Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich institutimizga amaliy tashrif bilan kelgan Polotsk davlat universiteti rektori Oleg Aleksandrovich Romanov bilan uchrashuv oʻtkazdi.








Rektor mehmonni institumizga tashrifi bilan qutlar ekan, Toshkent moliya instituti Polotsk davlat universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
 

Tomonlar oʻquv-uslubiy, ilmiy va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 
 

Muloqotda soʻnggi yillarda tomonlarning hamkorligida tashkil etilgan TMI-PDU qoʻshma fakultetini yanada kengaytirishga, sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga intilishi natijasida erishilayotgan ijobiy ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.
 

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universiteti oʻrtasida 2022-2023-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.


 

22:00 / 2021-11-11
Success helper
Success warning