Frequently asked questions
Frequently asked questions

O‘qitishni to‘lov-kontrakt shakli bilan bog‘liq savollar va javoblar

  1. 2020-2021 o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt miqdorlari qancha bo‘ladi?

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori bilim sohalari, soha va ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakllari (kunduzgi yoki sirtqi) va ta’lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura, ikkinchi va undan keyingi ta’lim) bo‘yicha alohida, har o‘quv yili uchun belgilanadi.

Talabalar va ularning ota onalari, Kadrlar buyurtmachilarining murojaatlarini hamda Koronavirus pandemiyasi sharoitini e’tiborga olib, Toshkent moliya institutida 2020/2021 o‘quv yili to‘lov-kontrakt miqdorlarini oshirmaganligini, avvalgi o‘quv yilida belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolingan. 2020-2021 o‘quv yili to‘lov kontrakt miqdorlarini quyidagi jadval ma’lumotlarida keltirilgan*.

 

Ta’lim yo‘nalishlari

Stipendiyali

Stipendiyasiz

Summada, (so‘m)

MHTEKM baravarida

Summada, (so‘m)

MHTEKM baravarida

BAKALAVRIAT

Iqtisod

14 265 930

21

9 129 930

13,4

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

14 945 260

22

9 809 260

14,4

MAGISTRATURA

Iqtisod

15 624 590

23

10 488 590

15,4

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

16 303 920

24

11 167 920

16,4

SIRTQI

Iqtisod (birinchi oliy ta’lim)

-

-

9 510 620

14,0

Iqtisod (ikkinchi oliy ta’lim)

-

-

10 189 950

15,0

 

Izoh: *Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi o‘quv semestri boshidan mos ravishda oshiriladi.

 

  1. Institutda o‘qitish uchun kontraktlarni rasmiylashtirilishi tartibi qanday?

Institutda o‘qitish uchun kontrakt ikki yoki uch tomonlama bo‘lib, bunda Abiturienlar va talabalar (kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha) o‘z hohishlariga ko‘ra kontraktlarni stipendiyali hamda stipendiyasiz shaklda rasmiylashtirishlari mumkin. Bunda kontrakt miqdorida har oyda talabaga to‘lanadigan bazaviy stipendiya miqdori inobatga olinadi.

ikki tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy ta’lim muassasasining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — abiturient yoki talaba yoxud ularning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);

uch tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy ta’lim muassasasining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — yuridik yoki jismoniy shaxs ya’ni buyurtmachi, uchinchi tomondan — abiturient yoki talaba .

 

  1. To‘lov kontrakt miqdorlari qaysi mezonlarga asosan belgilanadi?

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdorini belgilash bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim jarayoni xususiyatlari, bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari, professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar ish haqlari va ish beruvchining ijtimoiy to‘lovlari va boshqa joriy saqlash xarajatlari, kommunal xarajatlari va boshqa o‘qitish bilon bog‘liq xarajatlar xisobga olinadi.

 

  1. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar qaysi sarf-xarajatlargv yo‘naltiriladi?

 

O‘qitishning kontrakt shaklidan shu jumladan oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida quyidagilarga sarflanadi. :

Institutning kunduzgi ta’lim shaklida kontrakt asosida ta’lim olayotgan hamda stipendiyali bazaviy kontrakt summasini amalga oshirgan talabalariga stipendiyalar to‘lashga;

Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;

OTMlar talabalarga masofaviy (onlayn) ta’lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish bo‘yicha moddiy bazasini yaratishga.

Institutda bino va inshootlarni joriy saqlash, ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;

o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni joriy va kapital ta’mirlashga, oliy ta’lim muassasasining hududini va atrofini obodonlashtirishga, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlariga;

o‘quv, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari, yumshoq va qattiq inventarlar, mebellar, o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter texnikasi va ularning ehtiyot hamda butlovchi qismlarini, kerakli materiallarni va boshqalarni sotib olish hamda ta’mirlashga;

Institutning Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini yangi o‘quv adabiyotlari bilan to‘ldirishga;

Ma’naviyat va ma’rifat tadbirlarini (talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan turli tanlovlar, KVN tadbirlari, sport musoboqalari va boshqalar) o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarga;

xorijiy oliy o‘quv yurtlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka o‘tashlariga;

Institut xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga (ustama, mukofot) va talabalarga moddiy yordam ko‘rsatishga;

Institut o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qoplashga.

Xarajatlarni amalga oshirishda mablag‘lar birinchi navbatda stipendiya, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda energiya resurslari va kommunal xizmatlarning haqini to‘lash maqsadlariga yo‘naltiriladi.

O‘quv jarayoni masofaviy tashkil qilingan xolatlarda ham barcha sarf-xarajatlar o‘zgarishsiz qoladi .

 

  1. To‘lov kontrakt summalarini mobil ilovalar orqali amalga oshirish imkoniyatlari mavjudmi ?

Tijorat banklari tomonidan talabalarning to‘lov kontrakt summalari amalga oshirish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.

Talabalar tegishli shartnomalar rasmiylashtirgandan so‘ng uyda turib kontrakt to‘lovlarini banklarning mobil ilovalari hamda PAY ME, CLICK va shu kabi litsenziyaga ega bo‘lgan mobil ilovalar orqali amalga oshirishlari mumkin.

 

  1. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt summasini to‘lash tartibi qanday?

Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga etmagan, hamda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va  tegishli qarorlariga asosan belgilanadi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mikdorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt mikdorlariga nisbatan hisoblanadi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abiturientlarga bir yillik kontrakt summasini bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan yani abiturientning talabalar safiga qabul qilinishi uchun yillik summaning kamida 50 % ini to‘lanadi qolgan qismini o‘quv yili davomida to‘lashi mumkin.

 

Toshkent moliya institutida

 o‘qitish xarajatlari to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Pandemiya munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitishni barcha ta’lim shakllarida olib borish bo‘yicha dastlabki tajriba nisbatan qisqa muddat ichida, 2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi semestridan joriy qilindi. Toshkent moliya instituti o‘quv jarayonini uzluksiz davom ettirib, talabalarga o‘quv yilini (kursni) yakunlashga imkoniyat yaratish hamda ularning bilim olish faoliyatini masofadan turib metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida masofaviy o‘qitish platformasi ishga tushirilgan.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish masalasi muhokamalar markaziga chiqmoqda. Talabalarimiz uchun yanada tushunarli bo‘lishi Toshkent moliya institutida o‘qitishning minimal xarajatlari to‘g‘risida aniq misollarni ortiqcha izohlarsiz keltirib o‘tsak, xulosa chiqarishni esa talabalarimizning o‘ziga qoldiramiz.

Demak, bugungi kunda zarur bo‘lgan birinchi darajali (joriy saqlash) sarflarni hisobga olgan holda atroflicha taxlil qilinganda 2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent moliya institutida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabani bir yillik o‘qitish xarajati (stipendiyasiz) 11,7 mln.so‘mni tashkil etmoqda.

Bunda xarajatlar tarkibida, professor-o‘qituvchi, xodimlar ish haqlari va ish beruvchining ijtimoiy to‘lovi uchun 8,6 mln.so‘m (umumiy xarajatga nisbatan 73,5%), boshqa joriy saqlash xarajatlari uchun 3,1 mln.so‘m (umumiy xarajatga nisbatan 26,5%) shundan, kommunal xarajatlar uchun 0,3 mln.so‘m (umumiy xarajatga nisbatan 2,3%)ni tashkil etmoqda. Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, institut xarajatlarining asosiy qismi professor-o‘qituvchi va xodimlar ish haqlariga to‘g‘ri kelmoqda. 2020 yilning 1 aprelidan professor-o‘qituvchilar masofaviy ish rejimiga o‘tgan holda tasdiqlangan fan dasturlari asosida belgilangan darslarni onlayn ko‘rinishida o‘tib,belgilangan o‘quv va metodik yuklamalarini bajardi. Institut talabalar uchun masofaviy (onlayn) ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish uchun qo‘shimcha texnik va metodik ta’minot yaratildi.

Amalda esa bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori (stipendiyasiz)
9,4 mln.so‘m etib belgilangan bo‘lib, joriy saqlash xarajatlarining 80% ni qoplamoqda. Bu yil pandemiya sababli ijtimoiy sharoitni hisobga olgan xolda 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini o‘zgartirmaslik belgilandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabani o‘qitishning minimal xarajatlari uchun to‘lovlar 2,3 mln.so‘mga kam to‘lamoqda. Mazkur xarajatlar institut tomonidan pullik ta’lim xizmatlari va boshqa tadbirkorlik asosida ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilangan.

Respublikada pandemiya munosabati bilan e’lon qilingan karantin cheklovlari davrida institutning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlariga belgilangan tartibda ish haqlari, jumladan talabalarga stipendiya to‘lovlari ham to‘lab kelinmoqda.

Yangi o‘quv yili qaysi shaklda boshlanishidan qat’iy nazar: an’anaviy yoki masofviy shaklda bo‘ladimi, institut tomonidan talabalarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash uchun zarur ishlar olib boriladi. Bu borada orttirilgan tajriba va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa qilingan holda, barcha resurslar ishga solinadi. Pandemiya muddatlari uzaytirilib, o‘qish onlayn tarzda davom ettirilgan xolatda ham, to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar va ularning ota-onalari xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q. Institutda to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan har bir talabaga institut rahbariyati tomonidan individual yondoshgan holda imoniyat yaratib beriladi. Ijtimoiy kam ta’minlangan aloxida talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish choralari belgilangan.

 Toshkent moliya instituti oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan yoshlarimizning tanlovini hurmat qilgan holda, ularning malakali mutaxassis bo‘lishlarini ta’minlash uchun mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar etadi.

Success helper
Success warning