"Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi
"Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi

 Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri:  Allayarov Shamsiddin Аmanullaevich

 Qabul vaqti:  1400 – 1700

 Telefon:   (0 371) 234 66 39

 E-mail:  kasbiyt@tfi.uz

 Veb-sayt: www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

 2011-2013 yillarda, p f n Tulaboyev M;

 

 2013-2017 yillarda I f d Omonov A.A. ;

 

 2017-yildan hozirgi kungacha  Allayarov Sh rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

   “Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi “Kasbiy ta’lim” hamda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedralari negizida tashkil etilgan bo’lib, u joriy 2019-2020 o’quv yilidan e’tiboran kafedra mudiri, i.f.n.,dotsent Sh.A.Allayarov rahbarligida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

    Hozirgi kunda kafedrada 15 nafar pedagog-hodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning bir nafari pedagogika fanlari nomzodi, 1 nafari PhD, bir nafari tibbiyot fanlari nomzodi, bir nafari kimyo fanlari nomzodi bo’lib, dotsent ilmiy unvoniga egadirlar. Shuningdek, yeti nafar katta o’qituvchi hamda to’rt nafar assistent faoliyat yuritmoqda.

 

    Kafedra o’qituvchilari tomonidan “Kasbiy psixologiya”, “Valeologiya asoslari”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Boshqaruv psixologiyasi” kabi fanlardan institut bakalavriatining 1-2-boshqich talabalariga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib boradilar.

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

    Ayni damda kafedra “Moliya” fakulteti tasarrufida bo’lib, uning ilmiy salohiyati 42%ni tashkil etadi.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
Xolyigitova N. PhD xolyigitova@tfi.uz
Abdumajidova D PhD abdumadjidova@tfi.uz
Aglayeva Umida  Katta o’q. aglayeva@tfi.uz
Tojiyev M. k.f.n tojiyev@tfi.uz
Abbosov B. k.o’q abbosov@tfi.uz
Ibragimxodjayev B. t.f.n. Ibragimxodjayev@tfi.uz
Muhamedov a. k.o’qt. muhamedov1@tfi.uz
To’laganova G. ass. tulaganova@tfi.uz

Mavlyanov F

k.o’qt. mavlyanov@tfi.uz
Tashpulatov F. k.o’qt. tashpulatov@tfi.uz
Shermatov G. ass. shermatov@tfi.uz
Nazarov Z. k.o’qt. nazarov@tfi.uz
Xolbekov A. k.o’qt. xolbekov@tfi.uz
Karimov F. ass. karimov11@tfi.uz

O‘quv-uslubiy ishlar

     Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra doirasida o‘qitiladigan fanlar va iqtisodiy yo‘nalishda qator darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari hamda ilmiy maqola va tezislar nashr etttirib kelmoqda. Xususan, keyingi uch o‘quv yilida kafedraning pedagog- xodimlari tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan to‘rtta darslik, yettita monografiya, beshta o‘quv qo‘llanma va qator ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

     Kafedra pedagog-xodimlaridan ikki nafari DcS, 2 nafari PhD ilmiy darajasi uchun ilmiy tadqiqot ishlari ustida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, kafedra pedagog-xodimlari xalqaro va mahalliy konferensiyalarida o‘zlarining tezis va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar

i.f.n.,dots. Allayarov Sh. – “Agrar siyosatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish”;

 

p.f.n. (Phd), Abdumajidova D. – “Talabalarda assertiv huquqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”;

 

p.f.n. (PhD), Xolyigitova N. – “O’quvchilardagi kasb motivlarining barqarorligiga guruhiy jipslikning ta’siri”;

 

k.o’q. Muxiddinova I.- “Технoлогия педагогического тестирования как средства эффективного управления функционированием и развитием образовательной системы региона”;

 

k.o’q. Abbosov B.- “Sport pedagogikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishdagi o’rni”;

 

O’q. Mavlyanov F.- “Jismoniy tarbiya va sport fanini o’qitishda kasbiy kreativlik va psixologik yondashuvlar”.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilanbirga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi.

 

     Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

 

     Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yig‘ilishda bu tajribani O‘zbekistonning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

 

     Kafedra a’zolarining aksariyati guruh murabbiyligi faoliyati bo‘yicha ish olib borishmoqda hamda institut miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelishmoqda.

 

     “Kredo” psixologik markazida (PhD N.Xolyigitova, PhD D.Abdumajidova) olib borilayotgan faoliyatlar, “Ibn Sino” salomatlik markazidagi (k.o’qt.U.Aglayeva) sog’lom turmush tarzini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, “Moliyachi” sport klubida (B.Abbosov, F.Mavlyanov) olib tashkil etilayotgan sport musobaqalari, talabalar turar joylrida o’tkazilayotgan davra suhbatlari kafedraning yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlarida jiddiy o’rin tutmoqda.

Talabalar turar joyida olib borilgan tadbirlar

 

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

 Kafedra quydagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda: 

 

1.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi­ (mas’ul-Sh.Allayarov);

2.Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departameni (mas’ul-Sh.Allayarov);

3.FVV qoshidagi “Fuqaro muhofazasi” instituti (mas’ul-A.Xolbekov);

4.O’zbekiston Respublikasi Talabalar sport Assotsiatsiyasi (mas’ul-B.Abbasov);

5.O‘zbekiston ekologik harakati (mas’ul-A.Xolbekov)

kabi tashkilot va muassasalar bilan faol hamkorlik aloqalari o’rnatilgan va ijodiy uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda.

Sillabuslar

"Valeologiya asoslari" fanidan

“Jismoniy tarbiya va sport” fanidan

"Kasbiy psixologiya" fanidan

"Kasbiy psixologiya" fanidan

“Jismoniy tarbiya va sport” fanidan

“Jismoniy tarbiya va sport” fanidan

“Jismoniy tarbiya va sport” fanidan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Success helper
Success warning